Tursunoy Rahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunoy Rahimova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 5-iyun 1997-yil (1997-06-05) (26 yosh)
Toshkent viloyati
Faoliyat yillari 2018 – hozirgacha
Boʻyi 167 sm
Vazni 52 kg
Sport
Qaysi sport boks

Tursunoy Rahimova (1997-yil 5-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik bokschi, oʻta yengil vazn egasi. 2020-yil Osiyo va Okeaniya uchun Tokio—2020 Olimpiadasi litsenziyasini beruvchi turirda Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunoy Rahimova 2016-yil Ulan-Batorda oʻtkazilgan Chinggis Khan Cup xalqaro boks turnirida 51 kilogrammgacha vazn toifasida ringga tushib oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. 2018-yil Qirgʻizistonda oʻtkazilgan xalqaro turnirda bronza medali bilan taqdirlangan[2]. 2019-yil Rossiyaning Ulan-ude shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining birinchi raundida marokashlik Yasmin Muttaki ustidan gʻalaba qozongan ammo keyingi bosqichda xitoylik Say Szunsyuyga 1:4 hisobida yutqizib qoʻyadi. 2020-yil Iordaniyaning Ammon shahrida oʻtkazilgan turnirda Tokio-2020 Olimpiadasida qatnashish litsenziyasini qoʻlga kiritgan[3][4].

Tokio 2020[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunoy Rahimova 51 kg vazn toifasida Tokio olimpiadasidagi boks bahslarining birinchi bosqichida ishtirok etib, polshalik Sandra Drabik ustidan 4:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Shuning bilan u Olimpiadada gʻalaba qozongan ilk oʻzbekistonlik bokschi qiz boʻldi[5]. Olimpiadadagi boks bahslarining ikkinchi bosqichida turkiyalik Buse Naz Çakıroğluga qarshi ringga chiqib magʻlubiyatga uchradi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]