Kontent qismiga oʻtish

Tursunboy Turg'unov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tursunboy Turgʻunov (1971-yil 6-aprel) – oʻzbekistonlik olim, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Andijon mashinasozlik instituti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori.

Tursunboy Turg‘unov
Tavalludi 1971-yil 6-aprel
Jalaquduq tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Ilmiy darajasi Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Veb-sayt web.andmiedu.uz

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunboy Sobirovich Turgʻunov 1971-yil 6-aprelda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Ish faoliyatini 1993-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutida Iqtisodiy informatika va boshqaruvni avtomatlashtirish kafedrasi izlanuvchi-tadqiqotchiligidan boshlangan.

Turli yillarda kafedra assistenti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti aspiranti, Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi katta oʻqituvchisi, Moliya, Avtomatika va elektr-texnologiya fakultetlari dekan oʻrinbosari, Mashinasozlik texnologiyasi, Transport va logistika fakultetlari dekani vazifalarida ishlagan.

2023-yil dekabr oyidan buyon Andijon mashinasozlik instituti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turgʻunov Tursunboy Sabirovich 2020-yilda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.09.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashda 08.00.06–"Ekonometrika va statistika" ixtisosligi boʻyicha „Aholi pul daromadlari shakllanish jarayonlarining statistik tahlili (Andijon viloyati misolida)“ mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini munosib himoya qilgan. U ayni paytda Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Turgʻunov Tursunboy Sabirovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

2.Aholining yashash sharoitini statistik baholash

3.Statisticheskaya otsenka usloviy jizni naseleniya