Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi
Ishga tushgan sanasi 1999-yil
Joylashuvi Boku
Asoschi(lar)i Əkbər Mehdi oğlu Yolçuyev
Vebsayti https://nayora.org/
Til(lar)i Ozarbayjon va boshqa turkiy tillar

Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi (ozarbayjoncha: Dünya Gənc Türk Yazarlar Birliyi) — turk dunyosida yashovchi yosh yozuvchilar tashkiloti boʻlib, xalqaro yuridik shaxs sifatida faoliyat olib boradi, kitoblar nashr etadi, veb-saytlar yaratib, turli loyihalarni amalga oshiradi. Shuningdek, anjumanlar, festivallar, uchrashuvlar tashkil etib keladi[1].

Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasining rasi — İntiqam Yaşar

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi 1999-yilda tashkil etilgan. 2000-yilda davlat roʻyxatidan oʻtgan va asosan ijtimoiy, madaniy faoliyat bilan shugʻullanib keladi. Tashkilot asoschisi Əkbər Mehdi oğlu Yolçuyevdir. Xalqaro yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritayotgan Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi kitoblar nashr etadi, veb-saytlar yaratib, turli loyihalarni amalga oshiradi. Shuningdek, anjumanlar, festivallar, uchrashuvlar tashkil etadi va bu borada yetarli tajriba hamda aloqalarga ega[1].

Uyushma Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar jamgʻarmasi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi NNTlarni qoʻllab-quvvatlash kengashi hisoblanadi[1][2].

Tashkilotga 1998—2013-yillarda taniqli shoir-publisist Əkbər Qoşalı, 2013—2014-yillarda yozuvchi-dramaturg Rəvan Tohidoğlu, 2014—2016-yillarda yozuvchi Əfsanə Ələsgərli rahbarlik qilgan[3].

2019-yilda Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi boshqaruvi raisligiga Cavanşir İntiqam Yaşar oğlu saylangan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

DGTYB, shuningdek, turli turk mamlakatlari va jamiyatlarida uyushtirilgan o‘nlab konferensiya, simpozium va festivallarda Ozarbayjon nomidan ishtirok etib keladi. Uyushma vakillari asosan turkiy dunyo davlatlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasi 2007-yil 2-fevralda Gənclər mükafatı bilan taqdirlangan. Tashkilot, shuningdek, Qirgʻiziston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yosh ijodkorlar kengashi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „"Dünya Gənc Türk Yazarlar Birliyi" İctimai Birliyi“. 2021-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
  2. „Qeyri-Hökumət Təşkilatları“ (2019-yil 9-oktyabr). 2022-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „DGTYB konfransı keçirildi - İntiqam Yaşar başqan seçildi“. 2019-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.