Tulixon
Tulixon, Tuli, Tuluy (taxminan 1192—1230) — Chingizxonnchng kenja oʻgʻli, otasining harbiy ishlar boʻyicha bosh maslahatchisi, sarkarda. Moʻgʻullar davlatinint 4 udusidan birining egasi. T. ulusi 50 ming xonadondan iborat boʻlgan. T. "yeke(baligʻ)noʻyon" (ulugʻ janob, xoja) va "ezden" (hukmdor) kabi unvonlar bilan atalgan, u otasi mulki(yurt)ga merosxoʻr boʻlgan. 1211 — 15 yillarda Chingizxonning Shim. Xitoyga qilgan yurishlarida akalari (Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy) bilan birga qatnashgan. Moʻgʻullar istilosi davrida otasi bilan Buxoroni egallagan (1220). 1220-yil Tagʻochor noʻyon bilan 80 ming kishilik qoʻshinga bosh boʻlib Xurosonning Marv, Nishopur, Hirot kabi shaharlari, Tuye, Sabzavor, Jojarm, Niso, Obivard, Saraxs, Qof viloyatlarini 3 oy davomida bosib olib vayron qilgan. Soʻnfa otasi farmoniga koʻra, Toliqon, soʻng Badaxshon viloyatlari sari yoʻnalib otasi oʻrdusiga kelib qoʻshilgan. Chingizxon vafotidan soʻng (1227) 129 minglik moʻgʻul qoʻshinidan 104 ming nafari hamda Moʻgʻuliston, Xitoy, Qirgʻizlar yeri T. ixtiyoriga berilgan. 1229-yildagi moʻgʻul shahzodalari, noʻyonlari qurultoyi Chingizxonning 3oʻgʻli Oʻqtoyni buyuk qoon (xon) etib taxtga oʻtirganligini qonuniylashtirmaguncha T. otasining udeli — XalxaMongoliyani boshqargan. 1229—30 yillar Xitoy yurishidan qaytishda yoʻlda kasal boʻlib vafot etgan. Moʻgʻul tilida "tuli" — koʻzgu maʼnosini bildiradi. T. vafotidan soʻng "koʻzgu" atamasini qoʻllash taqiklangan, uning mulkiga xotini Surxuktani (kerayit malikasi, xristian dinida boʻlgan) egalik qilgan. T. moʻgʻullar orasida katta obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan. Bu avlod vakillaridan ulugʻ qoonlar chiqqan (1248—1634). T.ning oʻgʻli Huloku Erondagi elxoniylar sulolasiga asos solgan. Ichki Moʻgʻulistonda hanuzgacha T.ning maqbarasi deb hisoblanadigan koʻhna ibodatxona mavjud.
Manba.Rashia addin, Sbornikletopisey, t. 1—3, M., 1952—1960; Karpini P, Istoriya mongolov, M., 1957.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bartold V.V., Sochineniya, t.2(1), M., 1963; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |