Tulpor (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Tulpor“
Doston Ubaydullayev qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1990
Yozib olingan 1990
Janr pop musiqa
Davomiyligi 2:09
Matn muallif(lar)i Usmon Azim
Bastakor(lar) Mirxalil Mahmudov[manba kerak]

Tulpor“ (Tulpor-tulpor deb ham nomlanadi) — oʻzbek xonandasi va aktori Doston Ubaydullayev ijro etgan qoʻshiq. Rejissor Temur-Malik Yunusov 1990-tilda suratga olgan Tangalik bolalar filmi uchun yozilgan. Oʻzbek tilidagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biri. „Tulpor“ qoʻshigʻini Mirxalil Mahmudov[manba kerak] shoir Usmon Azim[1] (film titrlarida Usmon Azimov deb yozilgan) yozgan sheʼrga bastalagan.

Qoʻshiq „Tangalik bolalar“ filmida ikki marta ishlatilgan: qoʻshiq ilk bor Doston (Doston Ubaydullayev) Zokir (Ibrohim Sayidahmadov) sheʼri gazetada chop etilganidan xabar topib, ushbu xushxabarni unga yetkazish uchun yugurib joʻnaganida yangraydi. Shuningdek, film oʻz yakuniga yetib titrlar chiqa boshlaganda qoʻshiq yana bir bor ishlatilgan. „Tulpor“ qoʻshigʻi filmda yangrashi ortidan keng miqyosda shuhrat qozongan.[2]

Qoʻshiq Ubaydullayev repertuaridagi eng taniqli tarona boʻlib, xonanda uni tez-tez ijro qilib turadi. Qoʻshiqni Ubaydullayev har xil talqinda hamda „Bojalar“ guruhi bilan hamkorlikda kuylagan. Qoʻshiq Oʻzbekistonda bogʻcha yoshidagi bolalar eng koʻp oʻrganadigan oʻzbekcha taronalarning biridir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tangalik bolalar (o'zbek film)“. YouTube (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
  2. „Ўсмирлар ҳақида 7 ўзбек фильми“. Kino sanʼati (10-mart 2021-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]