Kontent qismiga oʻtish

Doston Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doston Ubaydullaev
Doston Ubaydullaev Rustamovich
Tavalludi 30-mart 1982-yil (1982-03-30) (42 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Doston Rustamovich Ubaydullaev (Ubaydullayev) (1982-yil 30-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek aktyori, qoʻshiqchisi va teleboshlovchi. Nihol mukofoti sovrindori.

Soʻnggi yillarda Doston Ubaydullaev xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etib kelmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Doston Ubaydullaev 1982-yil 30-martda Toshkent shahrida sanʼatkorlar va ziyolilar oilasida tugʻilgan[1]. Oilaning kenja farzandi. Uning otasi Rustam Ubaydullayev (1952—2019) taniqli oʻzbek sanʼatkori va doira sanʼati ustasi edi[2][3].

Sanʼat sohasidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doston Ubaydullaev sanʼat sohasidagi faoliyatini 1988-yilda „Tomosha folklor ansanbli“ da solist sifatida rollar va qoʻshiqlarni ijro etishdan boshlagan.

„Tangalik bolalar“ (1990)[4], „Opa singillar“ (1991), „Payshanbadan payshanbagacha“ (1991)[5], „Seni oʻzim boy qilaman“ (2016) filmlarida rol ijro etgan[6][7].

Xonanda koʻpgina davlat tadbirlariga qatnashib, konsertlar bergan[8]. Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. Faoliyati davomida turli sabablarga koʻra Oʻzbeknavo va Oʻzbekkonsertdan ogohlantirishlar olgan[9][10][11][12]. Bir qoʻshigʻiga olingan klipini televideniyeda koʻrsatilishiga Oʻzbekkonsert ruxsat bermagan[13].

Xayriya-insonparvarlik tadbirlaridagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doston Ubaydullaev soʻnggi yillarda xayriya-insonparvarlik ishlariga ishtirok etmoqda. U Yurak amri insonparvarlik loyihasining asoschilaridan biri hisoblanadi[14].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albomlari
Nomi
1 Kuylayman
2 Ikkalamiz
3 Biz tomonga
Filmlari
Yil Film
1990 Tangalik Bolalar
1991 Opa singillar
Konsertlari
Yil Joyi
1994 Turkiston saroyi
2014 Xalqlar doʻstligi saroyi
  1. „Nihol mukofoti sovrindori Doston Ubaydullayev tavallud topgan kun“. Taqvim.uz. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  2. „Таниқли санъаткор Рустам Убайдуллаев оламдан ўтди“. Kun.uz (2019-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  3. „Doston Ubaydullayevning otasi Rustam Ubaydullayev olamdan oʻtdi“. Daryo.uz (2019-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  4. „Doston Ubaydullayev: „Tangalik bolalar“ — oilamiz uchun tragediya!“. Daryo.uz (2015-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  5. „Дастан Убайдуллаев“. Kino-teatr.ru. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  6. „Ҳомийлардан нажот бўлмагач, Санжар Шодиев бу вазифани ўз зиммасига олди“. Kun.uz (2016-yil 20-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  7. „Rejissor Sanjar Shodiyev: Kimda kim boy boʻlmoqchi boʻlsa, „Seni oʻzim boy qilaman“ ning tomoshasiga kelsin“. Daryo.uz (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  8. „Сурхондарё вилоятида Мустақиллигимизнинг 25 йиллигига бағишланган байрам тадбирлари бўлиб ўтмоқда“. Kun.uz (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  9. „«Ўзбекнаво» Тамила, Анвар Собиров ва Ягонанинг лицензиясини тўхтатди“. Kun.uz (2015-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  10. „«Ўзбекконцерт» йигирмадан ортиқ санъаткорни ноқонуний фаолияти учун огоҳлантирди“. Kun.uz (2018-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  11. „„Oʻzbeknavo“ Anvar Sabirov, Tamila va Yagonaning litsenziyasini toʻxtatdi“. Daryo.uz (2015-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  12. „„Oʻzbekkonsert“ 23 nafar san’atkorni ogohlantirdi. Ular orasida Rayhon, Tohir Sodiqov, Jahongir Otajonov va Shukrullo Isroilov ham bor“. Daryo.uz (2018-yil 24-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  13. „„Oʻzbekkonsert“ Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da koʻrsatilishiga ruxsat bermadi“. Daryo.uz (2018-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
  14. „“Юрак амри” лойиҳаси яна 60 нафар етим болага совғалар улашди“. Kun.uz (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.