Tuk kosachali astragal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tuk kosachali astragal
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus lasiocalyx

Tuk kosachali astragal (lotincha: Astragalus lasiacalyx) — ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Chatqol tog‘ tizmalarida, Maydontol havzasida uchratish mumkin[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 8-15 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasining qalin yogʻochlashgan, bir qismi yer ostida joylashgan. Yuqorigi poyalari bir yillik juda qisqa, uzunligi 0,3-1 sm, tigʻiz joylashgan yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Barglari yashil, murakkab, poyada navbatma navbat va qarama-qarshi joylashgan, uzunligi 4-7 sm, yotiq oq tukli. Bargchalari tuxumsimon, har ikki tomondan siyrak yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Gulpopugi nozik, momiq, oq tukli, uzunligi 3-6 sm. Gultojibarglari qizgʻish sariq tusda. Gulkosachabarglari yashil, nashtarsimon. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi quruq dukkak meva. Dukkagining uzunligi 4 mm, kam urug‘li, tuksiz, qobigʻi yupqa pardasimon. May oyida gullab mevasi iyulda pishib yetiladi. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovvoyi tabiatda kam uchraydi, to‘p to‘p bo‘lib o‘sadi. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Chatqol tog‘ tizmalarida, Maydontol havzasida uchratish mumkin. Tog'ning o‘rta qismidagi, shag‘alli, mayda tuproqli, toshli yonbag‘irlar va surilmalarda o‘sadi. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Astragalus lasiocalyx“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.