Tripoli (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tripoli, Tarabulus ash-Shom — Livanning shim. qismidagi shahar. Shim. Livan muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 240 ming kishi (1994). Oʻrta dengiz sox,ilidagi port. Chetga sitrus mevalar, paxta chikariladi. Irokdan neft quvuri oʻtkazilgan. Neftni qayta ishlash, oziq ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Dengizdan baliq ovlanadi.

T. finikiyaliklar tomonidan mil. av. 2ming yillikda bunyod etilgan. 636 y. dan arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 1916—1918 yillarda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920 yildan Livanga koʻshilgan. T. — Livandagi sunniylik yoʻnalishidagi musulmonlarning asosiy diniy markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan Katga masjid (13-asr), Burtasiya masjidmadrasasi (14-asr), Sakrakiya masjidmaqbarasi, karvonsaroylar, bozorlar saklangan.