Treron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yashil kaptarlar
Treron curvirostra
Ilmiy tasniflash
Hayvonlar
Xordalilar
Qushlar
Columbiformes
Kaptarlar
Treroninae
Treron

Vieillot, 1816

Treron — kaptarlar oilasiga mansub qushlar turkumi. Uning aʼzolari odatda yashil kaptarlar deb ataladi. Turkumga mansub turlar asosan Osiyo va Afrikada tarqalgan. Ushbu turkum 30 turni oʻz ichiga oladi, ular yashil rangi bilan ajralib turadi. Yashil kabutarlar turli xil mevalar, yongʻoqlar va urugʻlarni isteʼmol qiladi. Yashil kaptarlarning koʻp turlarida jinsiy dimorfizm mavjud.

Xulq-atvor[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Yashil kabutarlar odatda guruhlarda yashaydilar, lekin ko‘payish vaqtida to‘da tarqalib ketadi. Bu qushlar odamlardan uzoqda, yovvoyi muhitda yashashni yaxshi koʻradilar. Ammo bugungi kunda ularni shahar va qishloqlar chekkasida odamlar bilan birga yashashi aniqlangan.

Uya qurish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ularning uyasi oddiy kaptarlarga oʻxshash novdalar va kichik shoxlardan quriladi. Qushlar uyani 12–20 ft (3.7–6.1 m) balandlikda quradi va rangi bilan daraxtning bir boplagiga o‘xshab ketadi. Uyalaridan biri Hindistonning Rajasthan shahridagi Neem daraxtidan topilgan, uyali o‘z ko‘rinishi bilan daraxtdan deyarli ajralib turmagan.

Qushlar uya qurgandan keyin 4-5 kun oʻtgach tuxum qoʻyadi, jo‘jalar 15-17 kun ichida yorib chiqadi. Jo‘jalarni ota-ona qushlar teng boqadi.

Taksonomiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Treron turkumi 1816-yilda fransuz ornitologi Lui Jan Per Vieillot tomonidan qalin tumshuqli yashil kaptar (Treron curvirostra) turi asosida tavsiflangan[1][2]. Turkum nomi qadimgi yunoncha trērōn so‘zidan olingan bo‘lib „kabutar“ yoki „kaptar“ degan maʼnoni anglatadi[3].

Jins 30 turdan iborat[4]:

  • Dolchin boshli yashil kaptar (Treron fulvicollis)
  • Kichkina yashil kaptar (Treron olax)
  • Pushti boʻyinli yashil kaptar (Treron vernans)
  • Toʻq sariq koʻkrakli yashil kaptar (Treron bicinctus)
  • Pompadour yashil kaptar:
    • Shri-Lanka yashil kaptari (Treron pompadora)
    • Kulrang bo‘yinli yashil kaptar (Treron affinis)
    • Kul boshli yashil kaptar (Treron phayrei)
    • Andaman yashil kaptari (Treron chloropterus)
    • Filippin yashil kaptari (Treron axillaris)
    • Buru yashil kaptari (Treron aromaticus)
  • Qalin tumshuqli yashil kaptar (Treron curvirostra)
  • Kulrang yonoqli yashil kaptar (Treron griseicauda)
  • Sumba yashil kaptari (Treron teysmannii)
  • Flores yashil kaptari (Treron floris)
  • Timor yashil kaptari (Treron psittaceus)
  • Katta yashil kaptar (Treron capellei)
  • Sariq oyoqli yashil kaptar (Treron phoenicopterus)
  • Bryusning yashil kaptari (Treron waalia)
  • Madagaskar yashil kaptar (Treron australis)
  • Komor yashil kaptari (Treron griveaudi)
  • Afrika yashil kaptari (Treron calvus)
  • Pemba yashil kaptari (Treron pembaensis)
  • San-Tome yashil kaptari (Treron sanctithomae)
  • Pin-dumli yashil kaptar (Treron apicauda)
  • Sumatra yashil kaptari (Treron oxyurus)
  • Sariq ko‘krakli yashil kaptar (Treron seimundi)
  • Yashil dumli kabutar (Treron sphenurus)
  • Oq qorinli yashil kaptar (Treron sieboldii)
  • Ryukyu yashil kaptar (Treron permagnus) [5]
  • Tayvan yashil kaptari (Treron formosae)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vieillot, Louis Jean Pierre. Analyse d'une Nouvelle Ornithologie Élémentaire (French). Paris: Deterville/self, 1816 — 49 bet. 
  2. Check-List of Birds of the World Peters: . Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1937 — 14 bet. 
  3. Jobling, James A.. The Helm Dictionary of Scientific Bird Names. London: Christopher Helm, 2010 — 389 bet. ISBN 978-1-4081-2501-4. 
  4. {{{editor}}}: „Pigeons“. IOC World Bird List Version 10.1. International Ornithologists' Union (2020). Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  5. „Species Updates – IOC World Bird List“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.