Transgressiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transgressiya (lot. transgressio — oʻtish) — okean, dengiz va koʻllar suvining quruqlikka bosib kelishi. T.ning kelib chiqishiga yerning tektonik harakatlar natijasida bukilishi va okean (dengiz) suvi sathining koʻtarilishi sabab boʻladi. T. jarayonida abraziya roʻy beradi, suv ostidagi qad. qatlamlar yuvilib ketib, yangi qatlamlar paydo boʻladi. T. Yer geologik tarixining hamma davrlarida boʻlib oʻtgan. Eng yirik T. kembriyning quyi va oʻrta, yuqori devon — quyi karbon, yuqori boʻr, neogen — toʻrtlamchi davrlarda boʻlgan. Yer yuzasining sayyoraviy miqyosda egilishi tufayli birinchi marta Oʻrta Osiyoning ancha qismi, aynan Oʻzbekiston hududining 70—80% maydoni dengiz suvi ostida qolgan. Transgressiv jinslar foydali qazilma turlariga boy (yana q. Regressiya).