Toshxoʻja Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toshxoʻja Umarovich Xoʻjayev (1922.1.9 Toshkent 1975.22.5) - rejissyor aktyor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1951). 1950-60 yillar Hamza teatrida rejissyor, bosh rejissyor, ayni vaqtda (1957—70 yillar) Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida pedagog. 1970-75 yillar "Oʻzbekfilm"da kinoaktyorlar studiyasiga rahbar, aktyor sifatida ishlagan. Zamonaviy rejissuraga xos maksimal aniqlik, har bir detal va xattiharakatni simvol darajasiga kutarish uslubi, keng qamrovlilik, yetakchi murabbiylik X. ijodiga xos. "Skapenning nayranglari" (J.B.Molyer) X.ning sahnaga qoʻygan ilk spektaklidir. "Mangu hayot" (Bragin va Tovstonogov), "Shohi soʻzana" (A. Qaxdor, A. Ginzburg bilan xamkorlikda), "Yurak sirlari" (B. Raxmonov), "Ayajonlarim" (A. Kahhor), "Qutlugʻ qon" (Oybek), "Shaxsiy ish" (A. Shteyn), "Oltin devor" (E. Vohidov), "Yurak yonmogʻi kerak", "Chin muhabbat" (O. Yoqubov), "Hurriyat" (Uygʻun), "furqat" (T. Xoʻjayev oʻz pyesasi asosida, B. Avazov bilan hamkorliqda), "Sarvqomat dilbarim" (Ch. Aytmatov), "Oʻgʻirlangan umr" (M. Kaoru), "Monserra" (Robles) kabi spektakllarida yumor, satira va lirik yondashuvlarni, spektakl mazmunini aktyor ijrosiga uygunlashtira oldi. Shuningdek, Rus drama teatrida "Bayramning birinchi kuni" (N. Hikmat), Mukimiy teatrida "Gʻazal fojiasi" (A. Bobojon) singari spektakllar qoʻygan. U "Sarvqomat dilbarim" (Ch. Aytmatov) spektaklini Tatariston teatrida ham sahnalashtirgan. X. bir qancha chet el mumtoz dramaturgik asarlar va K.S. Stanislavskiyning "Aktyorning uz ustida ishlashi" asarini oʻzbek tiliga tarjima kilgan. Abdulla Toʻqay nomidagi Tatariston Davlat va Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari laureati (1966, 1970).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil