Toshxoʻja Ashurxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshxoʻja Ashurxoʻjayev — siyosat va jamoat arbobi, Turkistondagi milliy rahbar xodimlardan biri.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xoʻjandda oʻzbek dehqoni oilasida tugʻilgan. Turmush oʻrtogʻi Turgʻun bibi Boychaboyeva. Uning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida juda oz ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Siyosiy faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshxoʻja Ashurxoʻjayev 1917-yilda tashkil qilingan musulmon ishchilarining „Ittifoq“ tashkilotida faol qatnashgan. 1917-yil noyabrda Qoʻqonda oʻtkazilgan Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida u Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylandi. Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, 1918-yil bahoridan boshlab u sovet hokimiyati idoralarida turli lavozimlarda ish boshladi. Bu paytda u bolsheviklar partiyasining a’zosi edi. 1918-yil 20-aprel — 1-mayda Toshkentda boʻlgan Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V oʻlka syezdida Toshxoʻja Ashurxoʻjayev Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissari (Narkom Turknats) hamda Sa’dullaxoʻja Tursunxoʻjayev Sogʻliqni saqlash xalk komissari lavozimiga saylandi. Ular tub xalqlar vakillaridan dastlabki komissarlar sifatida Turkistondagi sovet hukumati tarkibiga kiritilgan milliy rahbar xodimlar - milliy kommunistlar edi[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1918-yil kuzida Fargʻona vodiysiga xizmat safariga yuborilgan Ashurxoʻjayev bilan aloqalar uzilib qoladi. 1918-yili noyabrda halok boʻlgan, degan fikr oʻsha davr manbalarida uchraydi. 1919-yil 10-yanvarda xotini Turgʻun bibi Boychaboyevaning arizasiga koʻra, boquvchisini yoʻqotganlik uchun unga nafaqa tayinlangan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiston muxtoriyati

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi

Bolsheviklar

Butunittifoq kommunistik partiyasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ражабов К., Хайдаров М. Туркистон тарихи (1917-1924 й.). -Тошкент: "Университет", 2002.-B.48.
  2. Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda Milliy Majlis aʼzolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021. 61-62-betlar