Toshkent harbiy gospitali
Toshkent harbiy gospitali P. F. Borovskiy nomidagi (Toshkent sh., Volodarskiy koʻchasi, 4-uy) — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy xizmatchilarni statsionar sharoitda davolovchi markaziy harbiy gospital sanaladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/77/%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B9_%D0%B2%D0%BE%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D0%B3%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8C%2C_%D0%93%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D0%B0%D1%8F_%D1%83%D0%BB%D0%B8%D1%86%D0%B0.jpg/220px-%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B9_%D0%B2%D0%BE%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D1%8B%D0%B9_%D0%B3%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8C%2C_%D0%93%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8C%D0%BD%D0%B0%D1%8F_%D1%83%D0%BB%D0%B8%D1%86%D0%B0.jpg)
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b9/%D0%A4%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D0%B4%D1%88%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5_%D1%83%D1%87%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F_%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%B2%D0%BE%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%B3%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8F._16_%D0%B0%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%BB%D1%8F_1912_%D0%B3%D0%BE%D0%B4%D0%B0.jpg/220px-%D0%A4%D0%B5%D0%BB%D1%8C%D0%B4%D1%88%D0%B5%D1%80%D1%81%D0%BA%D0%B8%D0%B5_%D1%83%D1%87%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%8F_%D0%A2%D0%B0%D1%88%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%82%D1%81%D0%BA%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%B2%D0%BE%D0%B5%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B3%D0%BE_%D0%B3%D0%BE%D1%81%D0%BF%D0%B8%D1%82%D0%B0%D0%BB%D1%8F._16_%D0%B0%D0%BF%D1%80%D0%B5%D0%BB%D1%8F_1912_%D0%B3%D0%BE%D0%B4%D0%B0.jpg)
1868-yilda Toshkent oʻlkasida general-gubernator P.M.Kaufman tashrifi bilan (temir yoʻl vokzali yonidagi Gospital koʻchasida) Toshkentda birinchi davolash muassasasi - Toshkent davolash lazareti ochiladi, 1870-yilda u 2-darajali Toshkent harbiy gospitaliga aylantiriladi. Toshkent garnizoni rus ekspedision qoʻshinlari uchun 415 oʻrinli beshta davolash boʻlimiga ega[1] :
- jarrohlik;
- terapevtik;
- yuqumli kasalliklar;
- teri va tanosil;
- “mahbuslar uchun” .
1874-yilgacha Toshkentda faqat bitta dorixona — gospital qoshida[3] boʻlgan. 1892-yildan buyon gospitalda oʻz kasbining ustasi mashhur jarroh Pyotr Fokich Borovskiy faoliyat yuritgan (1981-yildan shifoxona uning nomi bilan yuritila boshlangan)[1] . Ushbu davolash maskanida 1896—1910-yillarda yangi boʻlimlari ochiladi[1] :
- psixiatriya (1896-yilda 50 nafar kishiga moʻljallangan);[2]* koʻz;
- quloq;
- ayollar kasalligi;
- ofiserlik;
- sanator.
1879-yil 31-yanvarda general-gubernator P. M. Kaufman tomonidan 3000 rublga qurilgan va boshqa xayr-ehsonlarga harbiy gospital qoshida avliyo Pantileimon sharafiga gospital cherkovi ochildi. Qoʻngʻiroq minorasi 1890-yilda barpo etiladi[2]. Uzoq yillar mobaynida shahar kengaytirilmaguncha gospital Toshkentning butun rus aholisiga xizmat qilgan. 1894-yilda gospitalda bemor fuqarolar soni yiliga 600-700 nafar kishiga yetadi, shundan 30% Toshkent fuqarolari edi. 1910-yilda gospitalda 9 nafar shifokor ishlagan: bosh vrach, psixiatriya boʻlimiga mudiri, 2 nafar katta va 5 nafar kichik ordinatorlardan tashkil topgan. 1883-yil 19-yanvarda harbiy gospitalda sud-tibbiyot tadqiqotlari uchun kichik laboratoriya ochildi, yillar mobaynida u shahar va uning aholisi ehtiyojlari uchun kimyoviy tahlillar oʻtkaziladigan laboratoriyaga aylantirildi[2] .
1920—1921-yillarda gospital Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (OʻODU) davolash fakultetining klinik bazasiga aylandi[1] .
Ulugʻ Vatan urushi yillarida 35 mingga yaqin front askarlari gospitalda davolanadilar[1] .
1981-yilda shifoxonada TurkHO (Turkiston harbiy okrugi) tibbiyot xizmatining asosiy ilmiy-uslubiy markazi va shifokorlar tayyorlash bazasi sifatida allaqachon 20 ta boʻlim mavjud edi, ular orasida[1] :
- terapevt;
- jarrohlik;
- neyroxirurgiya;
- travmatologiya;
- urologiya;
- kardiologiya;
- pulmonologiya;
- anestezo-reanimasion;
- koʻz;
- teri-tanosil va boshqalar.
Ushbu gospitalda D. A.Vvedenskiy, A.D.Grekov, A.V.Georgiyevskiy, S.F.Kaplan, V.P.Matveyev, V.P.Petrov, A.V.Trapeznikov, P.I.Emdinlar kabi oʻz kasbining yetakchi shifokorlari ishlagan.[1]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Военный госпиталь“,Ташкент, Энциклопедия 12000 экз, Ташкент: Главная редакция Узбекской Советской Энциклопедии, 1983 — 92 bet. ISBN УДК 66.3 (2):63.3 (2У), ББК Д9 (257У-2Т)0я20.
- Добросмыслов, А. И.. Ташкентъ въ прошломъ и настоящемъ: исторический очеркъ, Ташкентъ, 1912.
- Попов, С. А. Четыре типа русских галунных погон. Часть 2 // Старый Цейхгауз. — 2011. — № 4 (42). — С. 34—40. — ISSN 2223-5175. — OTRS № 2018022110005418 (автор и издатель). —
CC BY-SA 3.0, CC BY-SA 4.0.