Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetining Qo'qon filiali
(TDTU Qoʻqon filiali)
Xalqaro nomi Tashkent State Technical Universtiy in Kokand
Asos solingan 2018-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Tipi texnika
Sohasi muhandislik
Fakultetlar 5
Manzili Qoʻqon, Usmon Nosir, 4 Oʻzbekiston
Vebsayti tdtukokand.uz
Koordinatalari 40°32′34.34849″N 70°58′18.27426″E / 40.5428745806°N 70.9717428500°E / 40.5428745806; 70.9717428500 G OKoordinatalari: 40°32′34.34849″N 70°58′18.27426″E / 40.5428745806°N 70.9717428500°E / 40.5428745806; 70.9717428500 G O

Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali — muhandislik texnologiyalari, geologiya, texnika sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat texnika universitetining Fargʻona vodiysidagi ilk va hozircha yagona filialidir

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 2018-yil 22-sentyabrdagi 754-son Qaroriga asosan tashkil qilingan.[1]

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:

— sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari uchun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;

— iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

— kadrlar buyurtmachilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;

— oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantirish;

— respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktaranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]