Muzaffar Saminjonovich Maqsudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muzaffar Saminjonovich Maqsudov (1970-yil, 25-sentabr, Buvayda tumani, Farg'ona viloyati, O'zbekiston SSR) — o'zbekistonlik olim, kimyo fanlari nomzodi.

Muzaffar Saminjonovich Maqsudov
Tavalludi 25-sentyabr 1970-yil (1970-09-25) (53 yosh)
Buvayda tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi
Sohasi Kimyo, organik-kimyo
Taʼlimi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Ilmiy unvoni Kimyo fanlari falsafa doktori
Veb-sayt https://tdtukokand.uz/direktor/

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzaffarjon Maqsudov 1970-yil 25-sentabr Farg'ona viloyati, Buvayda tumanida tugʻilgan. Millati o'zbek. Mutaxassisligi kimyo, organik kimyo. 1992-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. 1992-1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi instituti tadqiqotchisi, 1994-1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi instituti aspiranti, 1997-1998-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, dekan o‘rinbosari, 1998-2003-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi mudiri, 2003-2005-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakulteti dekani, 2005-2006-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi, 2006-2010-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2013-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti tabiiyot va geografiya fakulteti dekani, 2013-2015-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2015-2015-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi, 2015-2018-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani, 2018-2020-yillarda Qo‘qon davlat pedagogika instituti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori, 2020-2020-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining katta o‘qituvchisi, 2020-2022-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialining Elektronika va elektr texnikasi fakulteti dekani, 2022-2023-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filialining Yoshlar maasalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023-yil 26-dekabrdan Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali direktori.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]