Toshkent — non shahri (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent — non shahri
Ташкент – город хлебный постер.jpg
Janr drama
Rejissor Shuhrat Abbosov
Ssenariy muallifi Andrey Konchalovskiy
Aleksandr Neverov
Andrey Tarkovskiy
Rollarda Vladimir Vorobey
Vladimir Kudenkov
Baxtiyor Nabiyev
Bastakor Albert Malaxov
Distributor Oʻzbekfilm
Premyera sanasi 1968
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat Toshkent — non shahri (film) Sovet Ittifoqi
IMDb profili

«Toshkent — non shahri» (rus. Ташкент — город хлебный) — 1968-yilda suratga olingan drama. Aleksandr Neverovning shu nomdagi hikoyasiga asoslangan.

Tavsifi[tahrir]

Volgaboʻyi, 1921-yil. Qurgʻoqchilik. Ommaviy qahatchilik odamlarning sillasini quritgan. Hukumat esa yordam berishga qodir emas. Samara guberniyasida yashovchi Mixail Dodonov (Misha) ismli bola otasidan ayrilib, onasi va uch ikki nafar bola bilan qolgan. Ularni ochlikdan qutqarish uchun Misha oʻsha darvrda moʻl-koʻlchiligi bilan tanilgan Toshkentga joʻnaydi. Oʻzi bilan birga doʻsti Sergeyni ham yetaklaydi. Yo’lda Sergey tif kasaliga uchrab, bekatlardan birida qolib ketadi. Misha yoʻlda juda koʻp qiyinchiliklarga uchraydi, biroq Toshkentga yetib keladi. Bu yerda u badavlat odamning bogʻida dehqonchilik qiladi. Ishlab topgan pullarini va bir necha qop bugʻdoyni olib, Misha uyiga qaytadi. Bu yerda u ukalarining ochlikdan vafot etishganini koʻradi[1].

Faktlar[tahrir]

Film ekranga chiqishidan avval uning baʻzi joylari kesib tashlangan, filmning faqat bir seriyasi koʻrsatilgan edi, biroq uning toʻliq varianti operator Hotam Fayziyevning uyida saqlab qolingan edi. Oradan 45 yil oʻtib, 2013-yilda Toshkentda uning ikki seriyali toʻliq namoyishi boʻldi.

Manbalar[tahrir]