Aleksandr Neverov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Sergeyevich Neverov (taxallusi; asl ismsharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) [1886. 12(24).12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi — 1923.24.12, Moskva) — rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Deh-qonchilik hayotidan olingan ilk hiko-yasi 1906 yilda nashr etilgan. 1917 yilgacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-yillari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik N.ni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari N.ning qator hikoyalari va "Toshkent — non shahri", "Gʻozu oqqushlar" (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tas-viriga bagʻishlangan "Toshkent — non shahri" qissasi N. ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tar-jima qilingan va shu asar asosida kinorejissyor Sh. Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil