Toshburi Qilichov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshburi Qilichov Rahimovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-yanvar 1946-yil (76 yosh)
Narpay tumani Samarqand viloyati
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Qilichev Toshburi Rahimovich[1][2] (1946-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbek partiya sovet rahbari. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, Samarqand viloyat partiya qoʻmitasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning XXVIII s’ezdi delegati. O‘zbekiston Kompartiyasining XIX, XX, XXI qurultoylari delegati. 1990-yilgi parlament saylovida Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq deputati etib saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati ham bo‘lgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshburi Qilichov 1946-yilda Narpay tumani Jarquduq qishlog‘ida dunyoga kelgan.

1961-yilda o‘rta maktabni tamomlagan.

  • 1961-yilda o‘rta maktabni tamomlagan.
  • 1961-1963 yillarda — Narpay tumanidagi kolxozda ishlagan;
  • 1963-1968-yillarda — Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan va uning Hayvonotshunoslik fakultetini aʼlo baholarda tamomlagan.
  • 1968-1973-yillarda — Narpay tumanidagi ,,Oktyabr" kolxozining chorvachilik bosh mutaxassisi;
  • 1973-1975-yillarda — Narpay tumani ,,Qarnab" davlat naslchilik zavodida chorvachilik bosh mutaxassisi vazifasida ishlagan.
  • 1975-1976-yillarda — Sovetobod viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, 1976-1978-yillarda Sovetobod hududidagi viloyatdagi eng yirik sovxoz hisoblangan ,,Leninchi-Chorvador"  direktori;
  • 1978-1982-yillarda — Samarqand viloyati qorako‘l naslchilik xo‘jaliklari birlashmasi direktori;
  • 1982-1983-yillarda — Samarqand viloyati partiya qo‘mitasi qishloq xo‘jaligi bo‘limi mudiri;
  • 1983-1989-yillarda — Sovetobod tuman partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, 1986-1989-yillarda — Toshkent Oliy partiya maktabining sirtqi bo‘limini tamomlagan. Shuningdek, Toshburi Rahimovich
  • 1989-1992-yillarda — xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi;
  • 1990-1992-yillarda — O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi deputati;
  • 1992-1995-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati;
  • 1993-1995-yillarda — Nurobod tumani hokimi;
  • 1995-1998-yillarda — Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining birinchi o‘rinbosari;
  • 1998-2001-yillarda — Samarqand viloyati ,,Don maxsulotlari" aksiyadorlar uyushmasi raisi;
  • 2001-2014-yillarda — Samarqand viloyati ,,Zoovet Supply" MChJ raisi lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshburi Rahimovich — ,,Xalq maorifi aʼlochisi" unvoni sohibi. Shu bilan birga,  ikki marta O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, uning kamtarona mehnatlari „Mehnat qizil bayrog‘i“ ordeni, „Mehnatda  o‘rnak ko‘rsatgan“ medali va olti marotaba „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi“ medaliga hamda I darajali „Mehnat fahriysi“ ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshburi Rahimovich oilali. 5 nafar farzandi, 18 nafar nevara va 8 nafar chevarasi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Рафаэль Каспаров. ВСЮ ЖИЗНЬ - В СЛУЖЕНИИ НАРОДУ, Самарканд, 2006. 
  2. „Список депутатов Верховного Совета Узбекской ССР (1990—1994)“ (Русский). Википедия. 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyul. Po: