Kontent qismiga oʻtish

Tomer Hemed

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomer Hemed (1987-yil 2-mayda tugʻilgan) — isroillik professional futbolchi, Isroil Premer-ligasidagi „Makkabi Xayfa“ klubi va Isroil terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

2015-yilda Isroil futbolchilari zahira oʻrindigʻida

Hemed Isroilning Kiryat Tiv’on shahrida, kelib chiqishi Suriyalik yahudiy boʻlgan oilada tugʻilgan. Hemedning otasi Ashkenazi yahudiy boʻlib, onasi kelib chiqishidan Polshalik boʻlgan[1]. Natijada, Hemed Polsha pasportini ham olgan, bu esa uni Evropa ligasiga koʻchirishni osonlashtirgan[2]. Eng eʼtiborlisi shuki, Hemed 2018-yil sentyabr oyida u „Milluoll“ klubiga qarshi oʻyinda jamoadoshi „Kuinz Park Reynjers“ning oʻrniga maydonga tushdi, shu paytda yahudiylarning muqaddas Yom kunining 24 soatlik roʻza davri tugaguniga qadar, ovqat yeyishdan hattoki mashq qilishdan oʻzini tiya olgan. Roʻzasini ochib boʻlgach, oʻyinga kechikib tushgan[3].

Mallorcadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

21 iyun 2011-yil 21-iyun kuni Hemed Ispaniya La Liga klubi RCD Mallorca bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4][5]. U 28-avgust kuni asosiy Ispaniya futbol ligasida birinchi uchrashuvini oʻtkazdi, shuningdek, RCD Espanyol qarshi 1-0 oʻyinida Mallorca klubi zafar quchdi[6].

Hemed 1-oktyabr kuni birinchi golini kiritdi. CA Osasuna bilan 2-2 boʻlgan jangovar durrangda, ikkita gol kiritdi[7]. Hemed shuningdek, Copa del Rey debyutida ikkita gol urdi. Keyingi yilning 10-yanvar kuni Real Sociedad ustidan uning jamoasi 6-1 bilan muvofaqqiyatli oʻyin oʻtkazdi[8].

Almeríadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 2-iyul kuni Hemed UD Almería jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolab, Ispaniyaning birinchi ligasiga qaytdi[9]. Dastlabki oʻyinlarida gol urish uchun kurashganidan soʻng, Hemed ilk golini 4-oktyabr kuniiAndalusiyalikl jamoa Elche darvozasiga kiritdi.

2015-yil yanvar oyida Hemed Malaga CF (2-1 gʻalaba) va Valensiya CF (2-3 gʻalaba), oʻzining gollari sonini oltiga yetkazdi. Tomor Hemed bu yilg musobaqani sakkizta gol bilan yakunladi shu bilan birga, u klubning eng yaxshi toʻpurari b’lishiga qaramay, uning jamoasi quy ligaga tushib ketdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hemed 17,18 va 19 yoshlilar oʻrtasida otkaziladigan ligada qatnashgan. 2011-yil yanvar oyida Hemed „FC Dynamo Kyiv“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazishi uchun Isroil milliy jamoasi chaqirilgan. Hemed 26 yoshida ilk debyutini oʻtkazdi va uning jamoasi 3-2 hisobida gʻalaba qozondi[10].

2011-yil may oyida Hemed milliy jamoada Latviyaga qarshi oʻyin oʻtkazish uchun umumiy guruhga chaqirilgan[11]. 4-iyun kuni u oʻzining xalqaro debyutida oʻynadi va 2-1 gʻalabasida unga Yossi Benayoun gol kiritishga yordam berdi[12].

Hemed 6-sentabr kuni birinchi xalqaro golini kiritdi, lekin Xorvatiyaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda 1-3 hisobi bilan Hemedning jamoasi magʻlubiyatga uchradi[13]. Hemed keyingi yilning 12-oktabrida Lüksemburgga qarshi 6-0 oʻyinida ham hat-trick yaʼni uchta gol kiritgan[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Friday Feature – Tomer Hemed, Israeli Star | Sports Rabbi“ (en-US). sportsrabbi.com. Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  2. Macfarlane, Iain. „Tomer Hemed's passport to Rangers“ (en). Express.co.uk (2011-yil 12-iyun). Qaraldi: 2018-yil 17-iyul.
  3. Weich, Ben. „Hemed stars for QPR after Yom Kippur fast“. The Jewish Chronicle (2018-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  4. „El israelí Hemed, primer fichaje del Mallorca“ (es). Marca (2011-yil 21-iyun). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  5. „Tomer Hemed: "Venir fue un dictamen de mi corazón"“ (es). Marca (2011-yil 23-iyun). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  6. „De Guzmán vale... tres puntos“ (es). Marca (2011-yil 28-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  7. „Empate capicúa en Pamplona“ (es). Marca (2011-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  8. „Un milagro en siete minutos“ (es). Marca (2012-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  9. „El Almería ficha a Tommer Hemed, un delantero de garantías para el nuevo reto en Primera“ (es). Almería's official website (2014-yil 2-iyul). 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-iyul.
  10. „Dynamo Kyiv 2–3 Israel“ (uk). Dynamo Kyiv Official Website (2011-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2011-yil 14-fevral.
  11. „National Team for June“. The Israel Football Association. 2012-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  12. „Israel takes care of business, beats Latvia 2–1“. The Jerusalem Post (2011-yil 5-iyun). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  13. „Eduardo double against Israel sends Croatia top“. UEFA (2011-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  14. „Hemed hat-trick helps Israel overwhelm Luxembourg“. UEFA.com (2012-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.