Tom Boere

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tom Boere
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tom Boere
Tavallud sanasi 24-noyabr 1992-yil (1992-11-24) (31 yosh)
Tavallud joyi Breda, Niderlandiya
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cambuur
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—1999 VV Terneuzen
1999—2006 Gent
2006—2011 Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Gent 3 (0)
2013—2014Hoogstraten (ijara) 21 (6)
2014—2016 Eindhoven 50 (12)
2016—2017 FC Oss 38 (33)
2017—2019 Twente 63 (21)
2019—2020 KFC Uerdingen 05 21 (9)
2020—2021 Türkgücü München 9 (2)
2021—2021 SV Meppen 19 (2)
2021- Cambuur 22 (6)
Milliy terma jamoa
2009 Niderlandiya U17 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-iyul uchun)

Tom Boere (talaffuzi: Tom Bore; 1992-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — niderlandiyalik professional futbolchi, Eredivisiedagi „Cambuur“ klubi hujumchisi[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiyaning Breda shahrida tugʻilgan Tom Boere Terneuzenda[2] oʻsgan va futbolchilik faoliyatini Belgiyaning Gent shahrida boshlagan, KAA Gent yoshlar jamoalarida hujumchi sifatida oʻynagan. Jong Ajax jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan Boere 2011—2012-yilgi mavsumda 2011-yil 10-noyabrda Deventerning Go Ahead Eagles jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida „Ajax“ safida debyutini va yagona oʻyinini oʻtkazdii. Qishki transfer oynasida tekin transfer sifatida Gentga oʻtdi[3][4].

Gent[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boere 2011—2012-yilgi qishki transfer oynasida Gentga qaytdi. Belgiyadagi debyutida 2012-yil 21-yanvarda „Zulte Waregem“ga qarshi uchrashuvida 86-daqiqada Rafinhaning oʻrniga maydonga tushdi, oʻyin 0:0 hisobida yakunland[5]. 2013—2014-yilgi mavsumda Belgiya ikkinchi divizionida „Hoogstraten“ jamoasida ijara asosida oʻynadi.

Eindhoven va OssOss[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil iyun oyida Boere Niderlandiyaning Eerste Divizioni FC Eindhoven bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6]. 2016-yilning yozida FC Ossga koʻchib oʻtdi[7]. Klubda 38 oʻyinda 33 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va 2016—2017-yilgi mavsumda Eerste Divisie Oltin butsasini qoʻlga kiritdi[8].

SV Meppen[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Turkgücü Myunxen" sarmoyadori Hasan Kivran 2020-yil dekabr oyi oxirida oʻz safini tark etishini eʼlon qilgan va shu tariqa klub kelajagini noaniqlikda qoldirganidan soʻng[9], 28 yoshli Boere 2021-yil yanvar oyi boshida SV Meppenga oʻtdi. Jamoa bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[10]. Klubdagi debyutini 9-yanvar kuni 1. FC Saarbrücken ga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi[11]. 19-fevral kuni Boere klubdagi birinchi golini urdi va jamoa Hallescher FC ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[12].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Twente

  • Erste divizioni: 2018—2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Derde aanwinst: Tom Boere voor twee seizoenen geel-blauw“ (niderlandcha). SC Cambuur. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  2. Zeeuwse spits Tom Boere is al 250 duels prof; hij kiest zijn drie mooiste wedstrijden — PZC (niderlandcha)
  3. „Tom Boere profile“ (niderlandcha). insideajax.nl (11-noyabr 2011-yil). 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  4. „Ajax verslaat Go Ahead Eagles in oefenduel“. NU.nl. Qaraldi: 11-noyabr 2011-yil.
  5. „Results & Matches on: Sat, 21 Jan 2012“. Soccerbase.com. Qaraldi: 11-mart 2012-yil.
  6. „Aanvaller Tom Boere (21) tekent driejarig contract“. FC Eindhoven. 2014-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2014-yil.
  7. Spits Tom Boere verhuist van FC Eindhoven naar FC Oss — Omroep Brabant (niderlandcha)
  8. „Jupiler League-topscorer Boere tekent bij Twente“ (niderlandcha). NOS.nl (21-iyun 2017-yil).
  9. Koch, Julian. „Türkgücü München vor dem Aus? Fragen und Antworten“ (olmoncha). liga3-online.de (30-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  10. Kemper. „Stürmer Tom Boere verstärkt SVM“ (olmoncha). svmeppen.de. SV Meppen (6-yanvar 2021-yil). 2021-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  11. „SV Meppen - 1. FC Saarbrücken 1:0 (3. Liga 2020/2021, 18. Round)“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  12. „SV Meppen - Hallescher FC 2:1 (3. Liga 2020/2021, 25. Round)“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]