Kontent qismiga oʻtish

Tokyo Skytree

Koordinatalari: 35°42′36″N 139°48′39″E / 35.7101°N 139.8107°E / 35.7101; 139.8107
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tokyo Skytree
東京スカイツリー
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tugallangan
Joylashuvi Tokio
Manzili Sumida, Tokio, Yaponiya
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Koordinatalar 35°42′36″N 139°48′39″E / 35.7101°N 139.8107°E / 35.7101; 139.8107
Qurilishi boshlangan 14-iyul, 2008-yil(2008-07-14)
Qurilishi tugagan 29-fevral, 2012-yil(2012-02-29)
Narxi JPY ¥ 65milliard
Egasi Tobu Railway
Balandligi
Antenna / Shpil 634 m
Tomi 495 m
Texnik holati
Qavatlar soni 32 qavat (yer ustida), 3 qavat (yer ostida)
Liftlar soni 13
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Nikken Sekkei
Arxitektor firma Tobu Railway
Asosiy pudratchilar Obayashi Corporation
tokyo-skytree.jp/en/
Tokyo Skytree

Tokyo Skytree (yaponcha: 東京スカイツリ – Tōkyō Sukaitsurī, oʻzbekcha: Tokio osmon daraxti) — Yaponiyaning Tokio shahri Sumida qismida joylashgan dunyodagi eng baland teleminora[1]. Dunyoda Burj Xalifa va Merdeka 118 binolaridan soʻng uchinchi eng baland imorat.

Teleminoraning antenna bilan qoʻshib hisoblaganda boʻyi 634 metrni tashkil etadi, bu Tokio televizion minorasidan deyarli ikki baravar baland demakdir[2].

Imorat balandligi maxsus 6 (eski yapon tilida „mu“), 3 („sa“) va 4 („shi“) raqamlaridan kelib chiqib tanlangan. Musashi – zamonaviy Tokio oʻrnida joylashgan qadimgi hududning nomidir[3].

Qurilish ishlari 2012-yilga kelib yakunlangan.

Minora qurilish jarayoni mobaynida Yangi Tokio minorasi nomi bilan ham tanilgan. „Tokyo Sky Tree“ nomi esa 2008-yil apreldan may oyigacha internetda oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra tanlab olingan.

2011-yil iyul oyida Yaponiyadagi butun televideniye raqamli shaklga oʻtishi kerak edi. Biroq Tokio televizion minorasining boʻyi atrofdagi osmonoʻpar binolarning yuqori qavatlariga dasturlarni uzatish uchun yetarlicha baland emasdi. Shu sababdan nisbtan balandroq minora – „Tokyo osmon daraxti“[4] qurilishi zarur boʻlgan.

Bino tarhi

Qurilish 2008-yil iyul oyida boshlangan[5]. Har hafta bino 10 metrga oʻsib borgan[6].

2011-yil 23-mayda qurilishda foydalanilgan kranlarni demontaj qilish boshlandi. Minoraning qurilishi esa 2012-yil 29-fevralda yakunlandi va ochilish marosimi 22-mayda boʻlib oʻtdi[7]. Dastlab, minoraning ochilishi 2011-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan edi, ammo zilziladan keyin qurilish ishlariga mablagʻ yetishmaganligi tufayli jarayon sekinlashdi.

Meʼmoriy xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Binoda ikkita kuzatuv platformasi mavjud: biri 350 m balandlikda (2000 kishi sigʻimli), ikkinchisi 450 m balandlikda (900 kishi sigʻimli)[8]. Yuqori platformada shisha polli spiral yoʻlak mavjud boʻlib, u tashrif buyuruvchilarga platformaning eng baland nuqtasining oxirgi 5 metrigacha koʻtarilish imkonini beradi; shisha pol tashrif buyuruvchilarga oyoqlari ostidagi koʻchalarni balanddan koʻrish imkonini beradi.

Shuningdek, minorani yaratishda, meʼmorlarning fikriga koʻra, zilzilalarning yer osti zarblarining 50%gacha kuchini tutib qoluvchi maxsus tayanch tizimi ishlab chiqilgan[9].

Minora dizayni 2006-yil 24-noyabrda[10] keng jamoatchilikka taqdim etilgan va uch konsepsiyaga asoslangan edi:

  • neofuturistik koʻrinish anʼanaviy yapon estetikasi bilan uygʻunlashgan boʻlishi zarur
  • minora shaharning oʻzi joylashgan qismiga faollik olib kelishi kerak
  • ofatlar paytida xavfsizlik va chidamlilik masalalariga eʼtiborni kuchaytirishi zarur

Tokyo Skytree besh qavatli pagodani ham eslatadi. Bu jihat uni daryoning narigi tomonidagi Asakusa tarixiy tumani bilan uygʻunligini taʼminlaydi[11].

Minora poydevori shtativga ham oʻxshab ketadi; taxminan 350 metr balandlikdan silindrsimon shaklga ega boʻlib, daryo va shaharning panoramik manzaralaridan bahramand boʻlish imkonini beradi[12].

"Iki" rangida yoritilishi

Minoraning tashqi tuzilishi rasman „Skytree White“ rangi bilan nomlanuvchi rangga boʻyalgan. Ushbu rang aslida anʼanaviy yapon rangi – koʻk va oq ranglar qoʻshilmasini eslatib yuboruvchi aijiro (藍白) rangiga asoslagan[13].

Binoni yoritish dizayni 2009-yilning 16-oktabrida eʼlon qilingan. Ikki xil yoritish bezaklari – iki (havorang) va Miyabi (binafsha) binoni har kun almashib yoritib turadi. Minora LED chiroqlar yordamida yoritiladi[14].

Minora asosan raqamli televideniye va radioeshittirish, mobil telefon aloqasi va navigatsiya tizimlari uchun ishlatiladi.

Bundan tashqari, u sayyohlar uchun oʻta diqqatga sazovor joy: teleminorada 2 ta kuzatuv maydonchasi, shuningdek, koʻplab butiklar va bir nechta restoranlarga borish mumkin, minora ostida esa akvarium va planetariyga ega katta savdo hududli mini-majmua ham bor[15].

Televideniye va radioeshittirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokyo Skytree Tokio televizion minorasining koʻplab vazifalarini oʻz zimmasiga olgan. Bundan tashqari, vaqt oʻtishi bilan minoradan efirga uzatilishi hajmi ikki baravar koʻpayadi. 600 metrdan yuqori balandlik 1seg formati uchun mos boʻlib, u raqamli televideniyeni mobil telefonlar va terminallargacha yetkazish imkoniga ega.

Televideniye kompaniyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kanal Kanal nomi Callsign Signal kuchi Efir qamrovi
1
NHK General TV / NHK G (GTV) JOAK-DTV 10 kVt „Katta Tokio“
2
NHK Educational TV / NHK E (ETV) JOAB-DTV Kanto
4
Nippon Television / Nittele (NTV) JOAX-DTV
5
TV Asahi / Tele-Asa (EX) JOEX-DTV
6
TBS JORX-DTV
7
TV Tokyo / Teleto (TX) JOTX-DTV
8
Fuji Television (CX) JOCX-DTV
9
Tokyo Metropolitan Television / Tokyo MX JOMX-DTV 3 kVt Tokio

Radioeshittirishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Chastota Stansiya nomi Callsign Kuchi ERP Efir qamrovi
81.3 MHz J-Wave JOAV-FM 7 kVt 57 kVt Tokio
82.5 MHz NHK Tokio FM JOAK-FM

Qurilish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  2. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  3. http://www.travelbook.kz/article/42
  4. http://search.japantimes.co.jp/member/member.html?fl20020317a1.htm
  5. http://search.japantimes.co.jp/cgi-bin/nn20080715b2.html
  6. arxiv nusxasi, 27-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. „arxiv nusxasi“. 2019-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-may.
  8. https://www.bbc.co.uk/news/world-asia-18141311
  9. arxiv nusxasi, 30-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  10. arxiv nusxasi, 7-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  11. https://planetyze.com/en/japan/tokyo/tokyo-skytree/information
  12. http://www.designbuild-network.com/projects/tokyo-sky-tree/
  13. arxiv nusxasi, 29-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  14. arxiv nusxasi, 16-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  15. arxiv nusxasi (PDF), 21-avgust 2013-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 26-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()