Tokugava Iemitsu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tokugava lemitsu — Yaponiya tarixining Edo davrida uchinchi shoguni boʻlgan lemitsu 1623-1651-yillarda hukmronlik qilgan, ammo aslida 1632-yildan otasi vafotidan keyin toʻliq kuchga ega boʻla olgan. Uning hukmronligi davri siyosiy barqarorligi bilan ajralib turardi. Iemitsu davrida shogunatning kuchi eng yuqori darajaga yetdi — mamlakatda nihoyatda kuchli markaziy hokimiyat oʻrnatildi. Iemitsu 1651-yil 12-aprelda vafot etdi.

Hukmronlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iemitsu bir qator maʼmuriy islohotlarni amalga oshirdi, bu unga shogun kuchini mustahkamlashga imkon berdi. U harbiy uylarda tartibni va daimyo ustidan nazoratni kuchaytirdi. U 1634-yilda garovga olish tizimini shakllantirdi, unda daimyo navbatma-navbat Edo shahridagi shogun qal’asida xizmat qilishlari lozim edi. Iemitsu davrida xulq-atvor normalari, myeros qoidalari va boshqalarni tartibga soluvchi „Syosi Hatto“ nomli yangi qonun qabul qilindi. Daimyoning boshqa joyga koʻchishi uning siyosatining samarali vositasi edi — bu ularning markaziy hukumatni kuchaytirishlari uchun yordam berdi. Bundan tashqari, Iemitsu tozama feodaligiga egalik qilishni iloji boricha kamaytirishga harakat qildi, ayniqsa, Yaponiyaning Tokugava syoguni zaif mavqega ega boʻlgan hududlarida (Xonsyu, Shikoku va Kyusu orollarining shimoliy va gʻarbiy qismlari). Oʻzlarining yerlari hisobiga u Tokugava va Fudai feodalligining mulklarini koʻpaytirdi. Iemitsudan soʻng, XVII asrning ikkinchi yarmida tozama feodal mollarini musodara qilish juda kam amalga oshirila boshlandi va XVIII asrga kelib deyarli bu holat kuzatilmadi.

Shimabara qoʻzgʻoloni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimabara qoʻzgʻolonidan (1637-1638) keyin Yaponiyada nasroniylarni taʼqib qilish kuchaydi. Iemitsu doimiy ravishda Yaponiyaning tashqi dunyo bilan aloqasini keskin cheklaydigan bir qator farmonlarni chiqardi, bu tarixiy nuqtai nazardan ijobiy va salbiy oqibatlarga olib keldi. 1624-yilda ispanlarning Yaponiyaga kelishi taqiqlangan, 1630-yilda mamlakatga Yevropa kitoblarini olib kirish taqiqlangan, 1639 yilda portugallar Yaponiyadan quvib chiqarilgan. Yaponiyada faqat xitoylar va gollandlarga savdo qilishga ruxsat byerilgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. Madvaliyev, Orifjon „Yaponiya Qirolligi“ (o'zbek tili). 2022-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.
  2. Жуков, А.Е. История Японии (rus tili), 1998.