Kontent qismiga oʻtish

Tojikiston Qahramoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojikiston Qahramoni
Asl nomi Қаҳрамони Тоҷикистон
Mamlakat  Tojikiston
Turi orden va faxriy unvon
Kimga topshiriladi Tojikiston va chet el fuqarolariga
Taqdirlash asosi Tojikiston mamlakati va jamiyatiga koʻrsatgan xizmatlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Birinchi taqdirlash 1996-yil 16-dekabr
Navbat
Mos keladi Oʻzbekiston Qahramoni
Xoʻjand tarixiy muzeyidagi „Tojikiston qahramonlari“ surati

Tojikiston Qahramoni – Tojikiston Respublikasining davlat va xalq oldidagi xizmatlari uchun beriladigan oliy davlat unvoni. Ushbu unvon Tojikiston Respublikasining ozodligi, istiqloli va rivoji uchun harbiy yoʻnalish hamda mehnati bilan qahramonlik qilgan fuqarolarga topshiriladi. Boshqa faxriy unvonlar bilan bir qatorda Tojikiston Qahramoni unvoni ham 31-iyul 2001-yil qabul qilingan № 29 „Tojikiston Respublikasi davlat mukofotlari haqida“gi qonunda joriy etilgan.

Tojikiston qahramonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Sadriddin Ayniy (1878–1954) – yozuvchi, olim va zamonaviy tojik adabiyotining asoschisi. Tojikiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti. 1997-yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  2. Bobojon Gʻofurov (1909–1977) – olim, SSSR Fanlar akademiyasi akademigi, partiya va davlat arbobi, „Tojikon“ kitobi muallifi. 1997-yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  3. Imomali Rahmon – siyosatchi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti. 1999-yilda Tojikiston Respublikasida mustaqil davlatchilikni mustahkamlash va tinchlikni saqlash uchun Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1].
  4. Mirzo Tursunzoda (1911–1977) – shoir, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni. 2001-yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  5. Nusratulloh Maxsum Lutfulloyev (1881–1938) – jamoat va partiya xodimi. 2006-yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  6. Shirinshoh Shohtemur (1899–1937) – jamoat va partiya xodimi. 2006-yilda Tojikiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
  1. Муҳимтарин саҳифаҳои таърихи халқи тоҷик(Tojik xalqining eng muhim tarixiy sahifalari)./Мураттибон: Ҳотамов Н. Б., Саъдиев Ш. С. Нашри дуюм. — Душанбе,2010. — С.14