Togʻjambil
Qiyofa
Togʻjambil (Thymus L.) - labguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 3 turi: Zarafshon T.i (T. zeravshanicus Yuok.) va soxta T. (T. insertus), oddiy T. (T. vulgarus) uchraydi. Zarafshon T.i Toshkent, Samarqand viloyatlarida, soxta T. faqat Fargʻona togʻlarining oʻrta va yuqori qismidagi toshloq yerlarda oʻsadi. Sershox, past boʻyli (5— 10 sm), oʻrmalab oʻsuvchi chala butacha. Barglari oddiy, mayda, teskari tuxumsimon, yoki choʻziq, qaramaqarshi joylashgan. Guli mayda, pushti va qizgʻish, xushboʻy, toʻpgul hosil qiladi. Iyun—sent. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi kosachabarglari bilan qoʻshilib oʻsgan 4 ta yongʻoqcha. T. efir moyli va shirali oʻsimlik hisoblanib, tabobatda ishlatiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |