Kseniya Grigoryeva
| Kseniya Grigoryeva | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi |
25-noyabr 1987-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Sport | |
| Qaysi sport | Togʻ changʻi sporti |
Kseniya Igorevna Grigoryeva (1987-yil 25-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi. 2003-yildan togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2010 va 2014-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tajribali sportchi Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Eron kabi koʻplab davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan oʻrin egallagan.
Kseniya Grigoryeva 2010-yil Vankuver shahrida (Kanada) boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida slalom gigant boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan. 2011 va 2013-yillarda oʻtkazilgan Jahon chempionati qatnashchisi. 2011-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlarida 4-oʻrinni band etgan[1].
Sochi-2014 qishki Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasiga 2013-yilning avgust — sentabr oylari Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan musobaqada sazovor boʻldi va boʻlajak musobaqaga Italiya, Avstriya, Shveysariya kabi davlatlarda tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari orqali xozirlik koʻrdi[2].
Kseniya Grigoryeva 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini 18-fevral kuni togʻ changʻisining slalom yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladigan bahslar orqali boshlaydi (Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ “Сочи-2014” қишки Олимпиада ўйинларида иштирок этадиган спортчиларимиз хақида маълумот, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-13
- ↑ Сочидаги Олимпия шаҳарчасида Ўзбекистон байроғи кўтарилди, 2014-02-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-13