Tobyl (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tobyl
qozoqcha: Тобыл [Tobyl]
sibirtatarcha: Тубыл [Tubyl]
ruscha: Тобол [Tobol]
Tobol Pamyatnoe (Kurgan oblast).jpg
Tavsif
Uzunligi 1 597 km
Maydoni 426 000 km²
Suv sarfi 805 m³/s
Joylashuvi
Ob watershed.png
Davlat Qozogʻiston, Rossiya
Tobyl (daryo)


Tobol river 2 layers en.svg

Tobyl (Tobol) (qozoqcha: Тобыл Tobyl; sibirtatarcha: Тубыл; ruscha: Тобол) — Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyati, RFning Kurgan va Tyumen viloyatlaridagi daryo. Irtishning chap irmogʻi. Uzunligi 1597 km. Havzasining maydoni 426 ming km². Toʻrgʻay platosidan boshlanib, asosan, Gʻarbiy Sibir tekisligidan oʻtadi. Asosiy irmoklari: chapda — Uy, Iset, Tura, Tavda; oʻngda— Ubagan. Asosan, qordan toʻyinadi. Okt.—noyabrda muzlab, aprel—mayda muzi eriydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 437 km masofada kema qatnaydi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 805 m³/sek. Tobyl boʻyida Lisyakovsk, Rudniy, Qoʻstanay, Kurgan, Yalutorovsk shaharlari bor. Tobylda (suv bilan taʼminlash va sugʻorish uchun) suv omborlari qurilgan.