Toblerone
![]() | |
Mahsulot turi | Shokolad bari |
---|---|
Egasi | Mondelēz International (U.S.) |
Mamlakat | Shvetsariya |
Tanishtirilgan | 1908 | )
Yaqin brendlar | List of Kraft brands |
Oldingi egalari |
|
Vebsayti | toblerone.co.uk |
Toblerone (/ˈtoʊbləroʊn/ TOH-blər-ohn, nemischa: [[Xalqaro fonetik alifbo|[tobləˈroːnə]]]) — Mondelez International (aslida Kraft Foods) kompaniyasiga tegishli Shveytsariya shokolad brendi [1]. Shveytsariyaning Bern shahrida ishlab chiqarilgan[2] hamda 2023-yildan Slovakiyada ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Toblerone shokoladi oʻziga xos shakli, oʻzaro birlashgan uchburchak piramidalar koʻrinishi va shokoladga oʻyilgan harflari bilan mashhur.
Kompaniya 1899-yildan 1970-yilgacha mustaqil boʻlgan, keyin Zukard bilan, undan soʻng Yakobs bilan „Jacobs Suchard“ sifatida birlashgan. Keyinchalik Modelez International sifatda 2012-yilda Kraft Foods tomonidan sotib olingan[3].
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tobler shokolad zavodiga 1899-yilda Emil Baumann va Teodor Tobler (1876-1941) tomonidan Bern shahrida asos solingan[4]. Oʻsha paytlarda yangi ixtiro qilingan sutli shokolad keng yoyilishi sabab shvetsariya shokolad sanoati keskin kengayayotgan edi. Teodor Toblerning jiyani Emil Baumann 1908-yilda oq nugat, bodom va asalni oʻz ichiga oluvchi sutli shokoladdan iborat yagona retseptni yaratadi. Teodor Tobler esa shirinlik uchun oʻziga xos uchburchak shakl va qadoqlash usulini kiritadi. Mahsulotning nomi ikki soʻz qoʻshilmasi boʻlib, uning birinchi qismi Toblerning ismi va italyancha torrone (nugat turlaridan biri) soʻzlarining birikmasi hisoblanadi[5][6][7].
Shvetsar/Italyan Alp tizmasining Matterhorn choʻqqisining uchburchak shakli Toblerone shirinligi koʻrinishi uchun Teodor Toblerga ilhom bergan deb ishoniladi. Biroq Teodorning oʻgʻlining soʻzlariga koʻra, uchburchak shakl kelib chiqishi Teodor guvohi boʻlgan „Folies Bergères“dagi raqqoslarning yakuniy chiqshida hosil qilgan jonli piramidalar shaklidan kelib chiqqan[8]. Bunday qadoqlashning boshqa bir sababi shunga oʻxshash Delta Peter brendining uchburchak shakllari boʻlishi ham mumkin[9]. Shunga qaramay, Matterhorn choʻqqisining soyasi Tobleronening zamonaviy qadogʻida koʻrinish beradi. Shuningdek Bern shahrining timsoli boʻlgan ayiq koʻriishi toʻg ichida tasvirlanadi.
Teodor Tobler 1909-yilda Bern shahrida Toblerone ishlab chiqarish uchun patent oladi. Oʻsha yili Shvetsar Federatsiyasining Intellektual mulk instuti tomonidan mahsulot brendi tasdiqlanadi[10]. Institutda kotib sifatida faoliyat yuritgan Albert Eynshteyn ham patentlash ishlariga jalb qilingan boʻlishi mumkin. Shunday qilib, Toblerone birinchi patentlanga sutli shokolad brendiga aylanadi.
Qora shokoladdan tayyorlangan Toblerone 1969-yilda ishlab chiqarilgan boʻlsa, uning oq koʻrinishi 1973-yilda ishlab chiqarila boshlanadi.
Oʻlchamlar va variantlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bar oʻlchamlari oʻn santimetrdan deyarli bir metrgacha oʻzgarib turadi, barchasi bir xil mutanosibdir. Schottʼs Food & Drink Miscellany maʼlumotlariga koʻra, Toblerones uchun choʻqqilarning oʻlchamlari va soni quyidagicha:
Hajmi (g) | Kichkina | Mini | 35 g | 50 g | 75 g | 100 g | 150 g | 200 g | 360 gr | 750 gr | 4.5 kg |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Hajmi (oz) | 1,2 oz | 1,7 oz | 2,6 oz | 3,5 oz | 5,3 oz | 7,0 oz | 12,7 oz | 26,5 oz | 159 oz | ||
Choʻqqilar | 3 | 3 | 8 | 11 | 11 | 12 | 9 | 10 | 11 | 17 | 12 |
- Oddiy shokolad
- sariq uchburchak qutida (1969).
- Qora uchburchak qutidagi qora shokolad
- Oq shokolad
- Oq uchburchak qutida (1973).
- Mint Crisp sutli shokolad
- Oq/yashil uchburchak qutida (1985).
- Qor tepasi
- Oq shokolad choʻqqilari bilan nashrlar, shuningdek, oq/kumush uchburchak qutida.
- Toʻldirilgan nashrlar
- Oq shokoladli sutli shokolad (koʻk uchburchak quti).
- Birma-bir
- Birma-bir oʻralgan uchburchak boʻlaklar.
- Toblerone pralinlari
- 1997 yilda chiqarilgan, oʻziga xos bej qadoqdagi yagona tepalik versiyasi.
- Meva va yongʻoq
- 2007 yilda yarim binafsha rangli uchburchak karton quti bilan.
- Asal chuqurchalari tiniq
- Yarim oq qutida asal chuqurchalari tasvirlangan (2009).
- Tuzli bodom
- Asal va bodom nougat va tuzlangan karamelize bodom bilan.
- Berner Bar
- 500 g sutli shokoladli bar, yuzida Bern ayigʻi va Bern gerbi tasviri tasvirlangan. Uchburchak boʻlmagan yagona Toblerone[11].
- Toblerone Tobelle
- Toblerone bej uchburchak qutida yupqalanadi:
- Qizil kokos
- Asal va bodom nougat va hindiston yongʻogʻi bilan.
- Oltin karamel
- Asal va bodom nougat bilan karamel.
- Tobler Truffles
- Cheklangan nashr, moslashtirilgan quti bilan (2022).
Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vaqtlar oʻtishi bilan mahsulot boshqa joylarda ham ishlab chioqarila boshlandi: Bedford, Angliya va Dandi shahrida, Shotlandiya, 1930-yillardan 1969-yilgacha[12]. 1970-80-yillarda esa Yugoslaviyaning Zagreb shahrida Kraš litsenziyasi ostida ishlab chiqarilgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Brand Family“. Mondelezinternational.com. Qaraldi: 11-fevral 2016-yil.
- ↑ „Toblerone FAQs“. toblerone.co.uk. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
- ↑ Cadbury Moves to Fend Off a Hostile Bid by Kraft Foods at The New York Times, 14 December 2009
- ↑ Andoza:Cite dictionary
- ↑ „Toblerone - How it all began - 1900 The First Toblerone“. Qaraldi: 1-avgust 2018-yil.
- ↑ „TOBLERONE - Questions et Réponses“ (fr). Toblerone.ch. Qaraldi: 11-fevral 2016-yil.
- ↑ „La marque suisse: Toblerone - Toutes Taxes Comprises - TV - Play RTS - Radio Télévision Suisse“ (fr). Rts.ch (30-aprel 2010-yil). Qaraldi: 11-fevral 2016-yil.
- ↑ „Toblerone - Chocolate - Our Secret“. Qaraldi: 1-avgust 2018-yil.
- ↑ Gilomen, Hans-Jörg. Innovationen: Voraussetzungen und Folgen, Antriebskräfte und Widerstände (de). Chronos, 2001 — 146 bet. ISBN 9783034005180.
- ↑ „Toblerone: 1909“. How it All Began: Tobler's Chocolate. Kraft Foods (2006). 24-mart 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2008-yil.
- ↑ „FAQ“. Toblerone.com. 18-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-yanvar 2009-yil.
- ↑ Hutber, Jenna. „Bedford's lost Toblerone history“. Bedfordshire News (8-noyabr 2016-yil).
Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shott, Ben (2003). Shottning turli xil taomlari va ichimliklari . London: BloomsburyISBN 0-7475-6654-2