Toʻrgʻay (daryo)
Jump to navigation
Jump to search
Toʻrgʻay — Qozogʻistondagi daryo. Uz. 825 km, havzasining maydoni 157 ming km². Oʻrta oqimida suvining oʻrtacha sarfi 9 m³/sek. Qozogʻiston past togʻlarining gʻarbiy chekkasidan boshlanadigan Qoratoʻrgʻay va Jaldama daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Asosan, Toʻrgʻay soyligidan oqib oʻtib, Shalqartengiz botigʻida tugaydi. Qordan toʻyinadi. Noyab.da muzlab, aprelda muzdan boʻshaydi. Yozda quyilish joyida suvi shoʻrlanadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |