Qozogʻiston past togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qozogʻiston past togʻlari, Sariorqa, Markaziy Qozogʻiston past togʻlari — Qozogʻistonning markaziy va sharqiy qismlarida joylashgan hamda past togʻlar va tizmalari boʻlgan tekislik-qirli hudud. Shimolida Gʻarbiy Sibir, shim,-sharqda Oltoy togʻlari, Zaysan botigʻi. sharqda Tarbagʻatoy, janubiy va janubi-gʻarbda Turon tekisligi, BalxashOlakoʻl botigʻi, Betpakdala choʻli, gʻarbda Toʻrgʻay platosi bilan oʻralgan. Ushbu hudud ilmiy adabiyotlarda "Markaziy Qozogʻiston", "Qozogʻiston bur-mali oʻlkasi", "Sharqiy Qozogʻiston penepleni", "Sariorqa" nomlari bilan maʼlum. Gʻarbdan sharqqa 1500 km ga choʻzilgan. Eni gʻarbida 950 km, sharqiy qismida 350–400 km. Yer yuzasi tekis, faqat 2 togʻ: gʻarbida Ulugʻtov (113 m) va shimolida Koʻkchatov qirlari (Sinyuxa togʻi, 947 m) bor. Sharqiy qismi balandroq (oʻrtacha 500–1000 m) va relyefi oʻr-qirli. Qozogʻiston past togʻlarit.ning eng baland joyi — markaziy qismidagi Qar-qarali toglari (1565 m). Sharqida Chingiztov tizmasi (1077 m) joylashgan. Past togʻlar (mutlaq balandligi 500–600 m) Qozogʻiston past togʻlarip.ni oʻrab olgan. Qozogʻiston past togʻlarit. paleozoy davrining metamorfik slanets, kvarsit, qumtosh va ohaktoshlaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental, yogʻin kam, quruq. Qishi sovuq, qor qoplami qalin emas. Yozi issiq, bulut kam. Havo temperaturasi amplitudasi katta, yanvar

ning oʻrtacha temperaturasi —14°, —18°, iyulniki 20—24°. Yillik yogʻin 200–300 mm. Eng yirik daryolari: Ishim (Irtish havzasi), Nura, Sarisuv. Daryolari qishda muzlaydi. Koʻl koʻp. Qozogʻiston past togʻlarit.ning shimoliy qismi dasht zonasida boʻlib, har xil oʻt, betaga-chalov, markazi quruq dasht zonasida, toʻq kashtan va kashtan tuproklarda betaga-chalov oʻsimliklari, janubiy va sharqiy qismi chala choʻl zonasida boʻlib, och kashtan tuproqlarda dasht va choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Muhim tabiiy qazilma boyliklari koʻmir, temir, marganets, mis, rux, nikel rudalari, boksit, qoʻrgʻoshin, fosforit, kaliy va osh tuzi konlaridir. Qurgʻalji qoʻrikxonasi va Barnaul milliy bogʻi tashkil etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Djanaliyeva K. M ., Budnikova T. K. i dr., Fizicheskaya geografiya Kazaxstana i Sredney Azii, L., 1965; Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A.. Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.

Murod Mamatqulov.