Tiril Eckhoff

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tiril Eckhoff
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Tiril Kampenhaug Eckhoff
Fuqaroligi  Norvegiya
Tavallud sanasi 21-may 1990-yil (1990-05-21) (33 yosh)
Bærum, Norvegiya
Boʻyi 1.63 m
Vazni 59 kg

Tiril Kampenhaug Eckoff (1990-yil 21-mayda tugʻilgan) — Norvegiyalik biatlonchi, Fossum IF vakili hisoblannadi.

Eckhoff ikki karra Olimpiya chempioni boʻlib, 2014-yil Sochi qishki va 2022-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida aralash estafetada gʻolib boʻlgan, undan tashqari, ommaviy startda bronza medalini qoʻlga kiritgan, bu natija 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ham takrorlangan. Eckhoff, shuningdek, biatlon boʻyicha jahon chempionatida oʻn karra oltin medal sohibi boʻlib, 2016-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7,5 km masofaga yugurishda va 2021-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7,5 km sprint va 10 km masofaga yugurishda oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. U biatlonchi Stian Eckhoffning singlisi hisoblanadi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eckhoff 2008-yildan beri Norvegiya biatlon jamoasining bir qismi hisoblanadi[3].

U 2014-yilda Sochida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida biatlon boʻyicha ishtirok etgan va u 2 bronza va 1 oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. Ommaviy startda[4] va ayollar estafetasida[5] bronza va aralash estafetada Tora Berger, Ole Eynar Byorndalen va Emil Xegle Svendsen bilan birga oltin medallaraga ega chiqqan[6]. U sobiq biatlonchi Stian Eckkhoffning oʻrtidan sportga kirib kelgan. Eckhoff Norvegiya texnologiya institutida muhandislik boʻyicha tahsil olgan[3].

2019—2020-yilgi mavsumda u yettita Jahon kubogi poygalarida gʻalaba qozongan, ammo u umumiy natijalarga koʻra Dorothea Wiererdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. U taʼqib qilishda oʻzining birinchi unvonini qoʻlga kiritgan.

2020—2021-yilgi mavsumda u 2021-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida 7 ta musobaqada 4 ta oltin va 6 ta medalni qoʻlga kiritgan. Mavsum oxirida u Magdalena Forsbergdan keyin bir mavsumda eng koʻp poygada gʻalaba qozonib, 2020—2021-yilgi Jahon kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan. U shuningdek, sprint va taʼqib qilishda intizom unvonini ham qoʻlga kiritgan va bir intizomda (sprint musobaqasi) ketma-ket 7 poygada gʻalaba qozongan birinchi erkak yoki ayol biatlonchi boʻlib tarixga kirgan.

Biatlon natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha natijalar Xalqaro biatlon ittifoqidan olingan.

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

8 ta medal (2 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Mixed relay
Rossiya2014-yil Sochi 18 18 24 Bronza Kumush Oltin
Janubiy Koreya2018-yil Pxyonchxan 23 24 9 Bronza 4 Kumush
Xitoy2022-yil Pekin 22 11 Bronza Kumush 4 Oltin

Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

15 ta medal (10 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza)

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Finlandiya2015-yil Kontiolahti 52 19 18 16 5 Bronza
Norvegiya2016-yil Oslo 43 Oltin 17 24 Oltin Bronza
Avstriya2017-yil Hochfilzen 39 13 30 12 11 8
Shvetsiya2019-yil Ostersund 37 9 Kumush[7] 5 Oltin[8] Oltin[9]
Italiya2020-yil Antholz-Anterselva 15 59[10] 20 7 Oltin Oltin[11]
Sloveniya2021-yil Pokljuka 23 Oltin Oltin Bronza Oltin Oltin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Tiril Eckhoff IBU. Retrieved 12 December 2014
  2. „Norwegian Women: Eckhoffs Lead the Way“. International Biathlon Union (18-noyabr 2014-yil). 2014-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2014-yil.
  3. 3,0 3,1 Tiril Eckhoff Store norske leksikon. Retrieved 27 January 2014
  4. IBU — Women Mass Start Sochi 2014 IBU. Retrieved 6 March 2014
  5. IBU — Women Relay Sochi 2014 IBU. Retrieved 6 March 2014
  6. IBU — Mixed Relay Sochi 2014 IBU. Retrieved 6 March 2014
  7. „IBU World Championships Biathlon, Women 10 km Pursuit Competition, 2018/2019“. International Biathlon Union – IBU. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  8. „IBU World Championships Biathlon, Women 4x6 km Relay Competition, 2018/2019“. International Biathlon Union – IBU. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  9. „IBU World Championships Biathlon, 2x6+2x7.5 Mixed Relay (W-M), 2018/2019“. International Biathlon Union – IBU. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  10. https://ibu.blob.core.windows.net/docs/1920/BT/SWRL/CH__/SWSP/BT_C73B_1.0.pdf [formatsiz URL PDF]
  11. https://ibu.blob.core.windows.net/docs/1920/BT/SWRL/CH__/MXRL/BT_C73C_1.0.pdf [formatsiz URL PDF]