Dorothea Wierer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dorothea Wierer
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Italiya
Tavallud sanasi 3-aprel 1990-yil (1990-04-03) (34 yosh)
Bruneck, Italiya
Boʻyi 1.58 m
Sport
Qaysi sport (Biatlon)
Klubi Fiamme Gialle[1]

Dorothea Wierer Corradini (1990-yil 3-aprelda tugʻilgan) — italiyalik biatlonchi, biatlon boʻyicha Jahon kubogida qatnashib kelgan. Karin Oberxofer, Dominik Vindish va Lukas Xofer bilan 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2018-yil Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida esa Liza Vittozzi, Lukas Xofer va Dominik Vindish bilan aralash estafetada yana bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2022-yil Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida Sprintda birinchi shaxsiy medalini qoʻlga kiritgan. U Ommaviy start boʻyicha 2019-yilgi jahon chempioni va 2020-yilgi yakkalik va taʼqib qilishlar boʻyicha jahon chempioni boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wierer Biatlon boʻyicha jahon chempionatining birinchi medalini qoʻlga kiritgan va Nikol Gontier, Mishel Ponza va Karin Oberxofer[2] bilan birga Nové Město na Moravěda boʻlib oʻtgan 2013-yilgi biatlon boʻyicha jahon chempionatida ayollar estafetasida uchinchi oʻrinni egallagan, bu Italiya ayollari uchun biatlon boʻyicha jahon chempionati birinchi medali boʻlgan. Östersunddagi 2019-yilgi chempionatda u 12,5 km Ommaviy startda oltin medalni qoʻlga kiritgan[3]. Hozirda u 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronzadan iborat jami 10 ta medallarni sohibasi hisoblanadi.

2015—2016-yilgi mavsum boshida Wierer Östersunddagi biatlon boʻyicha Jahon kubogida oʻz faoliyatidagi birinchi gʻalabasini qayd etgan va 2019—2020-yilgi mavsum oxirida Wierer 11 gʻalaba bilan jami 35 marta shohsupani egallagan. Shuningdek, u 21 ta estafetada shohsupaga koʻtarilgan, shulardan, 5 tasi mutloq gʻalabadir. U 2018—2019-yilgi Jahon kubogida gʻolib boʻlgan (birinchi italiyalik, erkaklar natijasi mundan mustasno[4][5]). Wierer 2019—2020-yilgi mavsumda umumiy chempionlikni himoya qilgan (2001—2002-yilda Magdalena Forsbergdandan keyingi ushbu natijaga erishgan birinchi ayol) va shuningdek, 4 ta intizom kubogi, 2015—2016-yilgi yakkalik Jahon kubogi, 2018-yilgi chempionatda gʻolib boʻlgan. 19 yoshlilar Pursuit Jahon Kubogi, 2019—2020-yilgi Ommaviy start Jahon Kubogi va 2020—2021-yilgi yakkalik Jahon Kubogi sovrindori hisoblanadi.

2019-yil fevral oyida Wierer har bir biatlon intizomida gʻalaba qozongan uchinchi biatlonchi (fransuz Martin Fourcade va Mari Dorin Habertdan keyin) boʻlgan[6].

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 ta medal (3 ta bronza)

Wierer Olimpiya oʻyinlarida uchta medalni qoʻlga kiritgan. Sochida aralash estafetada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Pxyonchxanda xuddi shu yoʻnalish boʻyicha (aralash estafeta) boʻyicha yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan[7]. Pekinda Wierer Sprintda birinchi shaxsiy medalini qoʻlga kiritgan.

Musobaqa Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Rossiya 2014-yil Sochi DNS 6 17 26 6 Bronza
Janubiy Koreya 2018-yil Pxyonchxan 7 18 15 6 9 Bronza
Xitoy 2022-yil Pekin 18 Bronza 6 22 5 9

Oʻsmirlar—yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa Yosh toifasi Yakkalik Sprint Taʼqib qilish Estafeta
Italiya2007-yil Martell Yoshlar (U19) 10 16 14
Germaniya2008-yil Ruhpolding Yoshlar (U19) Oltin 8 21 Bronza
Kanada2009-yil Canmore Yoshlar (U19) 7 4 Oltin Bronza
Shvetsiya2010-yil Torsbi Yosh (U21) 6 13 11
Chexiya2011-yil Nové Město Yosh (U21) Oltin Oltin Oltin Kumush

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sport invernali statistiche Olimpiadi“ (italyancha). fiammegialle.org. Qaraldi: 18-may 2020-yil.
  2. „Tora Pulls Norway to Relay Gold“. Biathlonworld.com. 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2013-yil.
  3. „Runaway Mass Start Win: IBU WCH Gold to Dorothea Wierer“. biathlonworld.com. Qaraldi: 2-dekabr 2019-yil.
  4. „The Crystal Quest: Johannes and Doro“. biathlonworld.com. Qaraldi: 2-dekabr 2019-yil.
  5. „Dorothea Wierer – Women on the rise“. biathlonworld.com. Qaraldi: 2-dekabr 2019-yil.
  6. „Italy's Hofer/Wierer Duo Capture Soldier Hollow Single Mixed Relay“. biathlonworld.com. Qaraldi: 18-fevral 2019-yil.
  7. „France Wins Gold Medal for Biathlon Olympics 2018 Mixed Relay“. bleacherreport.com. Qaraldi: 20-fevral 2018-yil.