Tireotrop gormon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Tireotrop gormon, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon — odam va umurtqali hayvonlar gipofiz bezining oldingi boʻlagida ishlanadigan gormon. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; uning asosiy gormonlari — tiroksin va triyodtironin ajralishi hamda sinteziga taʼsir etadi. Kimyoviy tabiatiga koʻra, glikoproteid, mol. m. 28000—30000. T.g. qalqonsimon bez follikulalarida tireoglobulin parchalanishini hamda krnga tiroksin va triyodtironin ajralishini kuchaytiradi. Follikulyar hujayralar koʻpayishiga, yod yutilishi va tiroksin sinteziga taʼsir etadi. T.g. sintezi va sekretsiyasini markaziy nerv sistemasi xamda gipotalamus boshqaradi. Qonda tireoid gormonlar miqdori oshganda T.g. sekretsiyasi tormozlanadi, natijada tiroksin va triyodtironin kam ajraladi. Adrenalin va kortikosteroidlar T.g. sekretsiyasini kamaytiradi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]