Tiroksin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tiroksin, (3,5,3’,5) tetrayodtirozin — odam va hayvonlarning asosiy tireoid gormoni. Qalqonsimon bez follikulalarida ishlanadi. Tirozin hosilasi. T. suvda va quruqlikda yashovchilar hamda baʼzi suyakli baliqlar (mas., kambala)da metamorfozni, issiq qonli hayvonlar va odamda moddalar almashinuvini, issiklik ishlab chiqarilishi, toʻqimalarning oʻsishi va yangilanishini kuchaytiradi. T. sintezi va sekretsiyasini gipofizning tireotrop gormoni (TTG) boshqaradi. Qonda T. miqdori koʻpaysa, TTG ajralishi tormozlanadi va T. kam ajraladi. T. konsentratsiyasi kamayganda TTG ajralishi kuchayadi va T. muvozanati tiklanadi. T.ning ajralishiga tashqi muhit omillari (tra va stress), ovqat (yod) va boshqa ichki sekretsiya bezlari taʼsir etadi. T. muvozanati buzilishi turli kasalliklar (gipertireoz, gipotireoz, buqoq, kretinizm, miksedema)t olib keladi.