Tino Berbig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tino Berbig
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tino Berbig
Tavallud sanasi 7-oktyabr 1980-yil (1980-10-07) (43 yosh)
Tavallud joyi Jena, GDR[1]
Boʻyi 1.96 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1999 Carl Zeiss Jena
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004 Carl Zeiss Jena II 60 (1)
1999—2004 Carl Zeiss Jena 64 (0)
2004—2006 VfL Osnabrück 77 (0)
2006—2007 Dynamo Dresden 23 (0)
2007—2011 VfL Osnabrück 100 (0)
2008 VfL Osnabrück II 1 (0)
2011—2015 Carl Zeiss Jena[2] 105 (0)
2015—2018 Wacker Nordhausen 69 (0)
2017—2018 Wacker Nordhausen II 3 (0)
Boshqargan klublari
2018 Wacker Nordhausen (vaqtinchalik)
2019—2020 Wacker Nordhausen (vaqtinchalik)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-dekabr uchun)

Tino Berbig (1980-yil 7-oktabrda tugʻilgan) — sobiq nemis futboli darvozaboni. Hozirda murabbiy. VfL Osnabryuck bilan 2.Bundesligada taxminan 62 oʻyinda qatnashgan

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Germaniyaning Jena shahrida tugʻilgan. 1999-yilda FC Carl Zeiss Jenaning U19 darajasidagi jamoasida birinchi marta oʻynadi. Keyin Berbig professional faoliyatini FC Carl Zeiss Jena klubining asosiy jamoasida boshladi[3]. 2004—2005-yilgi mavsumda u VfL Osnabryuck jamoasiga koʻchib oʻtdi, jamoa safida 90 ta oʻyin mintaqaviy ligada va toʻrtta kubok oʻyinlarida oʻynadi. 2006-yil iyul oyida Berbig yana klubini oʻzgartirdi va Dresdenning „Dynamo“iga yoʻl oldi, jamoada oʻsha mavsumda atigi 24 ta oʻyin oʻtkazdi[4]. 2006—2007-yilgi mavsumda Dresdenda asosiy tarkib oʻrnini yoʻqotib qoʻydi. Ammo oʻsha paytdagi asosiy darvozabon Frederik Gößling bir muddat jarohat olgani uchun[5] Berbig liga oʻyinlarida oʻynashga muvaffaq boʻldi[6]. Ikkinchi diviziondagi birinchi oʻyinini 2007-yilning 21-sentyabrida FC Erzgebirge Auega qarshi oʻtkazdi. 2009-yilda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Berbig 2010-yil 8-mayda Osnabrück bilan 3-divizionda chempion boʻlishdi va yana 2-divizionga koʻtarildi. Jamoa 2010—2011-yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Osnabrückda yangi shartnoma olmadi[7]. Keyin FC Carl Zeiss Jenanign yosh toifadagi klubiga oʻtdi, ular bilan 2011-yilning 20-iyulida bir yillik shartnoma imzoladi[8]. Asosiy tarkib darvozaboni sifatida 2011—2012-yilgi mavsumda liganing barcha 38 oʻyinini oʻtkazdi. 2015-yilning 8-aprelida Berbig mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[9], lekin iyun oyida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. 2015-yil 16-iyunda FSV Wacker 90 Nordhausen klubi bilan shartnoma imzoladi[10]. Turingiya uchun safida 76 ta oʻyindan soʻng, darvozabon 2018-yilning kuzida faol faoliyatini yakunladi[11].

Faoliyatidan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan koʻp oʻtmay, Berbig Wacker Nordhausenga sport direktori etib tayinlandi[12]. Asosiy jamoaning yordamchi murabbiyi Matthias Peßolat bilan birgalikda 2018-yilning va 2019-yilning qishida vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimini egalladi[13].

Muhim eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berbig Vereinigung der Vertragsfußballspieler (Shartnomali futbolchilar assotsiatsiyasi) (VdV) oʻyinchilar uyushmasi kengashida Nordost Regionalliga vakili edi[14][15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tino Berbig“. worldfootball.net. Qaraldi: 7-dekabr 2012-yil.
  2. „Tino Berbig“ (olmoncha). fussballdaten.de. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  3. „Tino Berbig“ (olmoncha). Kicker. Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
  4. „Tino Berbig Spielerprofil“ (olmoncha). DEUTSCHER FUSSBALL-BUND. Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.
  5. „Berbig rückt für verletzten Gößling ins VfL-Tor“ (olmoncha). focus.de (18-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  6. „Berbig, Tino“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
  7. Pistorius. „„Monotones Training ohne Spaß und Freude“ - Ex-VfL-Torwart Tino Berbig im Interview“ (olmoncha). Neue Osnabrücker Zeitung (20-iyun 2011-yil). Qaraldi: 9-iyun 2022-yil.
  8. „Carl Zeiss Jena verstärkt sich mit Tino Berbig“ (olmoncha). liga3-online.de (20-iyul 2011-yil). Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
  9. Zippel. „FC Carl Zeiss-Torhüter Tino Berbig soll ab Sommer nicht mehr ind der ersten Mannschaft spielen“ (olmoncha). Thüringische Landeszeitung (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  10. Zippel. „Berbig entscheidet sichh gegen FC Carl Zeiss Jena: Nur wenig neue Gesichter beim Trainingsauftakt“ (olmoncha). Ostthüringer Zeitung (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  11. „Tino Berbig Vereinslaufbahn“ (olmoncha). Kicker. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  12. „Nordhausen: Berbig und Peßolat übernehmen“ (olmoncha). FUSSBALL.DE (5-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  13. „Heiko Scholz verlässt Wacker“ (olmoncha). FSV Wacker 90 (3-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  14. „Der Spielerrat der VDV“ (olmoncha). VDV Die Spielergewerkschaft. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
  15. Ziegler. „Weltweit agieren Spielerinteressen mit der FIFPro weiter stärken“ (olmoncha). Das Magazin der VDV. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.