Germaniya Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(GDRdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
GDR bayrog'i
GDR bayrog'i
Asosiy ma'lumotlar
Rasmiy til nemis (de)
Poytaxti Sharqiy Berlin
Hududi 108 178 km?
Aholisi 16,77 mln. (1989)
Aholi zichligi 155 kishi./km?
Pul birligi GDR markasi
Davlat madhiyasi Возрождённая из руин
Milliy bayrami 7 oktabr
Tel. prefikslar +37 (ishlamaydi)
Internet-domeyn .dd (foydalanilmagan)
GDR dunyo xaritasida
Lage der DDR

Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) — 1949 yil 7 oktabrda Germaniyaning sovet qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida va Berlinning sharqiy (sovet) qismida tuzilgan sotsialistik davlat. Respublika 1990 yilning 2 dekabriga qadar mavud boʻlgan. Germaniya demokratik respublikasi (Deutsche Demokratische Republik), GDR —Markaziy Yevropadagi davlat (1990 yil 3 oktabrgacha mavjud boʻlgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949 yil 7 oktabrda tashkil etildi. Poytaxti Berlin sh. edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946 yilda tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. GDR sobiq SSSR boshchiligidagi Varshava shartnomasining faol aʼzolaridan boʻlgan. Tashqi siyosatda sobiq Sovet Ittifoqi izidan bordi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sotsializm qurish niyatini eʼlon qildi. Avvaliga koʻpgina nemislar fashizmga qarshi boʻlgan oʻz davlatini barpo etishda bajonidil katnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy politsiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-sekin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshladi. Sotsialistik rejali xoʻjalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etdi, iktisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlmish oʻrta qatlam tugatib yuborildi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qoʻyildi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi gʻarb andozalariga nisbatan past edi. 1979 yilda bu koʻrsatkich gʻarb darajasining 46% ni va 1989 yilda 3040% ni tashkil etdi. Turmush darajasi, uy-joy taʼminoti past edi. Mana shularning hammasi GDR aholisining noroziligiga sabab boʻldi. Fuqarolarning GFRga qochib oʻtish hodisalari ommaviy tus oldi. Aholining ijtimoiy sohada koʻproq erkinlik berish va, nihoyat, gʻarbiy qardoshlar bilan birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989 yil kuzida GDRda oʻtkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga boʻlib turgan Berlin devori qulatildi (qarang Berlin va Berlin devorining qulatilishi). Natijada GBSP rahbariyati isteʼfoga chiqdi (1990 yil fevralda GBSP Demokratax sotsializm partiyasiga aylantirildi). Yangi hukumat Germaniya ni birlashtirish masalalari yuzasidan GFR hukumati bilan muzokara boshladi. 1990 yil may va avg . oylarida imzolangan ikkita davlat shartnomasida GDRni GFRga qoʻshish shartlari bayon etildi. Oʻsha yil 12 sent.da Moskvada sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya birligi masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masalalarning butun majmui hal etib berildi. GDR oliy hokimiyat organi — Xalq palatasining qaroriga binoan 1990 yil 3 oktabrda GDR GFRga qoʻshildi va natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi.[1][2][3][4]

Manbalar[tahrir]


Varshava Shartnomasi Tashkiloti 50px
Albaniya (1968 yilga qadar) | Bolgariya | Vengriya | GDR (1956 yildan) | Polsha | Ruminiya | SSSR | Chexoslovakiya |


Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi 50px
Albaniya (1949-1964) | Bolgariya | Vengriya | Vetnam (1978 yildan) | GDR (1970-1990) | Kuba (1970 yildan) | Moʻgʻuliston (1960 yildan) | | Polsha | Ruminiya | SSSR | Chexoslovakiya |
Ассоциированный член: | Yugoslaviya (1964 yildan) |
Kuzatuvchi mamlakatlar: | Angola | Afgʻoniston | Yaman Xalq Demokratik Respublikasi | Laos | Mozambik | Efiopiya |