Tibet–Ladax–Moʻgʻul urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tibet–Ladax–Moʻgʻul urushi
Sanalar 1679-1684
Urush yeri Gyug, Ladax
Natija Tingmosgang shartnomasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Ladax hududi o`zining hozirgi chegaralariga qisqardi
Qoʻmondonlar
Galdan Chevan
Tenzin Dalay Xon
Galdan Boshug`tu Xon
Fiday Xon
Deldan Namgyal
Shakya Gyatso

1679—1684-yillardagi Tibet-Ladax-Mugʻal urushi Moʻgʻul xonliklari qo`llovidagi Markaziy Tibetning Ganden Fodrang hukumati va Kashmirdagi Boburiylar imperiyasi qo`llovidagi Ladaxning Namgyal sulolasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan.

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVII asr oxirida Ladax Tibet bilan kurashda Butan tarafida turdi. Tibetliklar Ladaxni Butan bilan munosabatlariga aralashgani va Ladaxdagi Gelug monastirlarlariga zulm qilgani uchun jazolashga qaror qildi.[1]

Urush[tahrir | manbasini tahrirlash]

1679-yilda 5-Dalay Lama Tashilxunpo monastirining lamasi Koshut Galdan Chevanni Ladaxga Tibet-Mo'g'ul harbiy yurishining qo'mondoni etib tayinladi.[1] Aytishlaricha, u yurishga uchun qaror qabul qilishda bosh vazirining maslahatini tinglamagan. Galdan Chevang birinchi navbatda Bashahrlik Raja Kehri Singx bilan shartnoma tuzib, unga Tibet bilan savdo qilish huquqini berganida o'z qanotlarini xavfsizlantirdi.[1]

Galdan Chevan birinchi yurishdayoq Shakya Gyatso boshchiligidagi Ladax qo'shinini mag'lubiyatga uchratdi.[2] Keyingi yili u Chang La (Byan-la) da yana ladaxlarni mag'lub etib, keyingi uch yil davomida Basgo va Tinggmosgang qal'alaridan tashqari Tibet hujumlariga qarshi turgan mamlakatni egalladi.[2]

Boburiylar imperiyasining urushga aralashuvi bilan vaziyat o`zgardi. Kashmir o'sha paytda Boburiylar viloyati edi va Ladaxni o'z ta'sir doirasiga kiritgandi.[1] 1683-yilda Kashmir gubernatori Ibrohimxonning oʻgʻli Fiday Xon boshchiligidagi qoʻshin Tibet-Moʻgʻul qoʻshinini magʻlub etib, Basgo qamalini tugatdi va Pangong koʻligacha taʼqibni davom ettirdi. Kashmirliklar Lexda masjid qurish va Ladax qiroli islomni qabul qilishi sharti bilan Ladaxlar hukmronligini tiklashga yordam berdi. Mugʻallar ladaxilar bilan shartnoma imzolab, ortga chekindilar. Kashmirlik tarixchilarning ta'kidlashicha, shundan so`ng Ladax qiroli islomni qabul qilgan. Biroq, Ladaxi yilnomalarida bunday narsa qayd qilinmagan va Ladaxliklar buni rad etishadi. Podshoh boburiylarning yordami evaziga ularga soliq toʻlashga rozi boʻldi.[3][4]

Olim Yoxan Eleverskogning ta'kidlashicha, Tibet ustidan hokimiyat uchun kurashda Beshinchi Dalay Lama Tibet hududlari ustidan terror va zo'ravonlikni qo'llagan.[5]

Jungʻor imperiyasi xoni Galdan Boshugtu xonning qoʻshimcha kuchlari yordamida 1684-yilda tibetliklar qayta hujumga oʻtdi. Tibetliklar g'alaba qozonishdi va Ladax bilan shartnoma tuzib, 1684-yil dekabrda Lxasaga qaytib ketishdi. 

Tingmosgang shartnomasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1684-yilda Ganden Fodrang Bosh vaziri Desi Sangye Gyatso va Ladax qiroli Delek Namgyal urushni tugatish uchun Tingmosgang shartnomasini imzoladilar.[6] Ladax yilnomalariga ko'ra, shartnoma Tibet-Ladax chegarasini Demchok yaqinidagi Lxari oqimidan belgilab qo'ydi va Ladax Tibet o`rtasidagi savdo va soliq munosabatlarini tartibga soldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Rahul, March of Central Asia (2000).
  2. 2,0 2,1 Ahmad, New Light on the Tibet-Ladakh-Mughal War (1968).
  3. Sali, M. L.. India-China Border Dispute: A Case Study of the Eastern Sector. APH Publishing, 20-aprel 1998-yil. ISBN 9788170249641. 20-aprel 2018-yilda qaraldi. 
  4. Kaul, H. N.. Rediscovery of Ladakh. Indus Publishing, 20-aprel 1998-yil. ISBN 9788173870866. 20-aprel 2018-yilda qaraldi. 
  5. Johan Elverskog. Buddhism and Islam on the Silk Road. University of Pennsylvania Press, 6-iyun 2011-yil — 222– bet. ISBN 978-0-8122-0531-2. 
  6. Petech, Luciano. The Kingdom of Ladakh: C. 950-1842 A.D.. Istituto italiano per il Medio ed Estremo Oriente, 1977 — 171–172 bet. : "bDe-legs-n.g. co-regent (1680-1691)"}} The original text of the Treaty of Tingmosgang no longer survives, but its contents are summarized in the Ladakh Chronicles.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahmad, Zahiruddin (September–December 1968). „New Light on the Tibet-Ladakh-Mughal War of 1679-84“. East and West. 18-jild, № 3/4. Istituto Italiano per l'Africa e l'Oriente. 340–361-bet. JSTOR 29755343.
  • Emmer, Gerhard (2007), „Dga' Ldan Tshe Dbang Dpal Bzang Po and the Tibet-Ladakh-Mugha1 War of 1679-84“, Proceedings of the Tenth Seminar of the IATS, 2003. Volume 9: The Mongolia-Tibet Interface: Opening New Research Terrains in Inner Asia, BRILL, 81–108-bet, ISBN 978-90-474-2171-9
  • Lamb, Alastair (1965), „Treaties, Maps and the Western Sector of the Sino-Indian Boundary Dispute“ (PDF), The Australian Year Book of International Law: 37–52
  • Rahul, Ram. March of Central Asia. Indus Publishing, 2000. ISBN 8173871094.