Galdan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Galdan, Galdan-Boshoqtuxon (1645—1697) — Oyrat xonligi hukmdori (1670 y.dan) Botur Xuntoyjining oʻgʻli. Markazlashtirilgan Oyrat xonligidagi hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizgan, 1640 y. dagi Mongol — oyrat qonunlarini toʻlgʻizgan. 1672 y.dan Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlar olib borgan. G. 17-asrning 70—80-y.larida Sharqiy Turkistondagi xonliklarni oʻziga tobe etgan. 1688 y. Xalxa (Shim. Mongoliya) hokimlari bilan boʻlgan urushda gʻalaba qozongan. 1690 y.dan Oyrat xonligini bosib olmoqchi boʻlgan Manjurlar imperatori Kansiga qarshi urush olib borgan. Kansi qoʻshinidan yengilgach, zahar ichgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil