The Pussycat Dolls

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
The Pussycat Dolls
Pussycat Dolls.jpg

The Pussycat Dolls 2007-yilda.
Chapdan oʻngga: Kimberly Wyatt, Jessica Sutta, Carmit Bachar, Nicole Scherzinger, Melody Thornton va Ashley Roberts
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Los Angeles, California, AQSh
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari
  • 2003–2010
  • 2019–2022
Janr
Leybl
  • Interscope
  • Access[1]
Sobiq aʼzolar
Vebsayt pcdmusic.com

The Pussycat Dolls Kaliforniya shtatining Los Angeles shahrida tuzilgan qizlardan iborat musiqiy guruh va raqs ansamblidir. 1995-yili xoreograf Robin Antin tomonidan burlesk truppasi oʻlaroq asos solingan. Jimmy Iovinening taklifiga binoan Antin burlesk uslubidagi truppani pop guruhga aylantirishga qaror qildi.[2] Antin 2003-yilda Interscope Geffen A&M Records studiyasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi. Guruh aʼzolari: Nicole Scherzinger, Carmit Bachar, Ashley Roberts, Jessica Sutta, Melody Thornton va Kimberly Wyatt. Guruhning debyut singli 2004-yilda ishlangan Shall We Dance? filmi soundtracki boʻlmish „Sway“ ashulasi boʻlgan.

The Pussycat Dolls guruhi umumjahon shuhratga „Donʼt Cha“, „Stickwitu“, „Buttons“ va PCD (2005) albomi ortidan erishdi. PCD guruh tomonidan chiqarilgan ilk albom boʻlib, platina sertifikatiga loyiq koʻrilgan. Biroq, guruh tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozonishiga qaramay, guruhning bosh vokalisti Scherzingerga berilgan koʻproq eʼtibor va boshqa aʼzolar eʼtibordan chetda qolib ketganligi tufayli ichki nizolarga duch keldi. Bacharning guruhni tark etishi guruh oʻzining ikkinchi va soʻnggi studiyaviy albomi Doll Domination (2008) ni omma eʼtiboriga havola etishidan oldin sodir boʻldi. Albomning „When I Grow Up“, „I Hate This Part“ va „Jai Ho! (You Are My Destiny)“ kabi ashulalari hit boʻldi. Guruh 2009-yilgi jahon turnesi tugatganidan soʻng tanaffusga chiqdi va 2010-yilda toʻliq tarqalib ketdi. 2019-yilda guruh yana qayta tiklanishini eʼlon qilib, turne tashkillashtirishini va yangi albom chiqarishini xabar qildi. Biroq, COVID-19 pandemiyasi tufayli kelib chiqqan vaziyatning yomonlashuvi, shartnoma kelishuvi buzilishi hamda logistik muammolar ortidan 2022-yilda guruhning boʻlajak turnesi bekor qilindi va guruh taqdiri nomaʼlumligicha qoldi.

Billboard jurnali Pussycat Dolls guruhini 2000-yillarning 80-eng muvaffaqiyatli musiqiy guruhi, deb atadi.[3] Guruh shu kungacha umumjahon boʻylab 55 million dona audioyozuv sotgan[4][5] va bu ularni hamma vaqtlarning eng koʻp audioyozuvini sotgan musiqiy guruhlaridan biriga aylantirdi.[6][7]

The Pussycat Dolls Washingtonda (2006-yil 10-dekabr).
The Pussycat Dolls 2008-yil 3-sentabrda.

Guruh aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004 „Sway“
  • 2005: „Donʼt Cha“ (featuring Busta Rhymes)
  • 2005: „Stickwitu“
  • 2006: „Beep“ (featuring will.i.am)
  • 2006: „Buttons“ (featuring Snoop Dogg)
  • 2006: „I Donʼt Need a Man“
  • 2006: „Wait a Minute“ (featuring Timbaland)
  • 2008: „When I Grow Up“
  • 2008: „Whatcha Think About That“ (featuring Missy Elliott)
  • 2008: „I Hate This Part“
  • 2009: „Bottle Pop“ (featuring Snoop Dogg)
  • 2009: „Jai Ho“ (featuring A.R. Rahman)
  • 2009: „Hush Hush“
  • 2020: „React“

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Headlining

  • PCD World Tour (2006-2007)
  • Doll Domination Tour (2009)
  • The Pussycat Dolls Tour (Cancelled)

Supporting act

  • Honda Civic Tour (2006)
  • Back to Basics Tour (2007)
  • The Circus Starring Britney Spears (2009)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Copsey, Robert „Pussycat Dolls confirm comeback song React release date“. Official Charts Company.com (27-yanvar 2020-yil). 27-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2020-yil.
  2. White, Adam. „'Always Nicole's project': How The Pussycat Dolls became pop's most embittered group“ (en-GB), The Telegraph (30-noyabr 2019-yil).
  3. „Artists of the Decade: Pussycat Dolls“. Billboard. Prometheus Global Media (21-dekabr 2009-yil). 29-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-avgust 2011-yil.
  4. „The Pussycat dolls Live BBC The One Show Interview 02/26/20“ (27-fevral 2020-yil). 8-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  5. Roberts, Carly „Pussycat Dolls announced as first Northampton headliners this summer“ (3-fevral 2020-yil). 28-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-mart 2020-yil.
  6. Copsey, Rob „Listen to Nicole Scherzinger's new album Big Fat Lie“. Official Charts Company (16-oktabr 2014-yil). 1-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2014-yil.
  7. „Pussycat Dolls set to star at Newmarket Nights“ (3-fevral 2020-yil). 3-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]