The Essential Drucker
Muallif(lar) | Peter Drucker |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | menejment |
Nashriyot | „HarperCollins Publishers“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2001 |
Sahifalar soni | 358 |
„The Essential Drucker“ („Druckerning asosiy gʻoyalari“), toʻliq nomi „The Essential Drucker: Selections from the Management Works of Peter F. Drucker“ („Druckerning asosiy gʻoyalari: Peter F. Druckerning menejment boʻyicha asarlaridan saylanma“) — menejment gurusi Peter Drucker qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2001-yil New York shahrida „HarperCollins Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, dunyoning bir necha tiliga tarjima qilingan.
Asarda muallifning menejment prinsiplari tashkilotlar, shaxslar hamda jamiyat faoliyatiga qanday taʼsir oʻtkazishi haqidagi asarlarining asosiy qismlari berilgan. Kitob 26 boʻlimdan iborat boʻlib, menejment sohasining asosiy prinsiplari, muammolari, qiyinchiliklari va imkoniyatlariga bagʻishlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „The Essential Drucker“dan parcha[sayt ishlamaydi] (ingl.)