Tharman Shanmugaratnam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tharman Shanmugaratnam
தர்மன் சண்முகரத்தினம்

Tharman 2023-yilda
Singapurning saylangan prezidenti
Mansab davri
2023-yil 14-sentyabr
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi

Halima Yoqub

Vazirlik idoralari
Singapur katta vaziri
Mansab davri
2019-yil 1-may – 2023-yil 7-iyul
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi Vakant
Vorisi Teo Chee Hean
Birgalikda Teo Chee Hean
Ijtimoiy siyosat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vazir
Mansab davri
2015-yil 1-oktyabr – 2023-yil 7-iyul
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat: 2015-yil 1-oktyabr — 2019-yil 30-aprel
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Heng Swee Keat
Singapur Bosh vaziri oʻrinbosari
Mansab davri
2011-yil 21-may – 2019-yil 1-may
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi Wong Kan Seng
Vorisi Heng Swee Keat
Birgalikda Teo Chee Hean (2009–2019)
Moliya vaziri
Mansab davri
2007-yil 1-dekabr – 2015-yil 30-sentyabr
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi Lee Hsien Loong
Vorisi Heng Swee Keat
Ikkinchi vazir Lim Hwee Hua
Mehnat vaziri
Mansab davri
2011-yil 21-may – 2012-yil 31-iyul
Hukumat boshligʻi Lee Hsien Loong
Oʻtmishdoshi Gan Kim Yong
Vorisi Tan Chuan-Jin
Taʼlim vaziri
Mansab davri
2003-yil 1-avgust – 2008-yil 31-mart
Hukumat boshligʻi Goh Chok Tong
Lee Hsien Loong
Ikkinchi vazir Ng Eng Hen
Parlament idoralari
Jurong guruhi vakillik okrugidan parlament aʼzosi
(Taman Jurong)
Mansab davri
2001-yil 3-noyabr – 2023-yil 7-iyul
Oʻtmishdoshi Saylov okrugi tashkil etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Tharman Shanmugaratnam

25-fevral 1957-yil (1957-02-25) (67 yosh)[1]
Singapur
Siyosiy partiyasi Mustaqil
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Xalq harakati partiyasi
(2001—2023)
Turmush oʻrtogʻi Jane Yumiko Ittogi
Bolalari 4 nafar
Otasi Kanagaratnam Shanmugaratnam
Taʼlim London iqtisod maktabi (Bakalavr)
Wolfson kolleji (FM)
Harvard universiteti (DBM)
Kasbi
  • Siyosatchi
  • iqtisodchi
Imzosi

Tharman Shanmugaratnam[izoh 1] PBM, asosan Tharman nomi bilan tanilgan, (1957-yil 25-fevralda tugʻilgan) – singapurlik siyosatchi va iqtisodchi, Singapurning saylangan prezidenti. Prezident etib saylanishiga qadar Tharman 2019—2023-yillarda Singapur katta vaziri, 2015—2023-yillarda Ijtimoiy siyosat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vazir, 2011—2023-yillarda Singapur Pul-kredit boshqarmasi raisi lavozimlarida ishlagan[1].

Tharman asosan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat bilan bogʻliq masalalar boʻyicha iqtisodchi. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida turli xalqaro kengashlar va komissiyalarni boshqargan. Hozirgi vaqtda Tharman davlat va xususiy sektor hamda akademik doiralarning iqtisodiy va moliyaviy yetakchilaridan iborat global kengash boʻlmish Oʻttizlik guruhining Vasiylik kengashi raisi hisoblanadi. Shuningdek, Ngozi Okonjo-Iweala, Mariana Mazzucato va Johan Rockströmlar bilan suv iqtisodiyoti boʻyicha global komissiyaga hamraislik qiladi. Uning dastlabki tavsiyalari 2023-yil mart oyida boʻlib oʻtgan BMT suv konferensiyasi natijalarini shakllantirishga yordam berdi. Tharman, shuningdek, 2021-yildan beri Pandemiyaga tayyorgarlik va javob choralarini global moliyalashtirish boʻyicha G20 yuqori darajadagi mustaqil komissiyasi hamraisi hisoblanadi. 2017-yilda Tharman G20 Global moliyaviy boshqaruv boʻyicha taniqli shaxslar guruhiga rais etib tayinlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „MP | Parliament Of Singapore“. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found