Teymur Charyev
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Teymur Alikovich Charyev | ||
| Tavallud sanasi | 2000-yil 26-oktyabr | ||
| Tavallud joyi |
| ||
| Boʻyi | 177 cm (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
| ||
| Raqami | 19 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2019—2022 |
| - | (-) |
| 2023— |
| 21 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2022—2023 |
| 4 | (1) |
| 2023 |
| 5 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Teymur Alikovich Charyev (turkmancha: Teýmur Alikowiç Çaryýew; 26-noyabr 2000-yil, Marv) – turkman futbolchisi, „Abdysh-Ata“ klubi va Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda futbolchi ilk professional jamoasi, Turkmanistonning „Energetik“ klubida oʻynay boshladi. 2023-yilning mart oyida u Qirgʻizistonning „Abdysh-Ata“ klubi tarkibiga oʻtdi[1]. U klubdagi debyutini 2023-yilning 2-aprelida Talent klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2023-yilning 8-aprel kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda "Oʻsh Davlat Universiteti – „Aldier“ klubiga qarshi oʻyinda debyut golini kiritdi. Klub bilan birgalikda u Qirgʻiziston kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Abdish Ata jamoasida 2023-yil 16-sentyabr kuni finalda Jalolobod klubiga gol urdi ammo yakibnda magʻlub boʻldi. 2023-yilning sentyabr oyida u klub bilan AFC Kubogi oʻyinlariga bordi. Turnirning ilk oʻyini 2023-yil 21-sentabr kuni Turkmanistonning „Oltin Asir“ klubiga qarshi oʻtkazilgan[2]. Klub bilan birga futbolchi 2023-yilgi Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioniga aylandi.
Terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilning may oyida futbolchi Turkmaniston U23 yoshlar terma jamoasiga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 1-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[3]. U terma jamoadagi debyut golini 2022-yil 4-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan navbatdagi oʻyinida kiritdi[4]. Terma jamoa bilan birgalikda u guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqdi, u yerda 2022-yil 11-iyunda Avstraliya terma jamoasiga magʻlub boʻldi[5].
2023-yil iyun oyida futbolchi Turkmaniston terma jamoasiga CAFA Millatlar Kubogi 2023 ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2023-yilning 11-iyun kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[6]. U terma jamoadagi debyut golini 2023-yilning 12-sentabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritdi[7].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdish-Ata
- Qirgʻiziston chempioni: 2023
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Футболист молодежной сборной Туркменистана Чарыев перешёл в «Абдыш-Ату»“ (ru). turkmenportal.com (2023-yil 3-mart).
- ↑ „Abdysh-Ata vs. Altyn Asyr“ (en). soccerway.com (2023-yil 21-sentyabr).
- ↑ „Uzbekistan U23 vs. Turkmenistan U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 1-iyun).
- ↑ „Turkmenistan U23 vs. IR Iran U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 4-iyun).
- ↑ „Australia U23 vs. Turkmenistan U23“ (en). soccerway.com (2022-yil 11-iyun).
- ↑ „Tajikistan vs. Turkmenistan“ (en). national-football-teams.com (2023-yil 11-iyun).
- ↑ „Bahrain vs. Turkmenistan“ (en). national-football-teams.com (2023-yil 12-sentyabr).
- 26-oktyabrda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- Marida tugʻilganlar
- 26-noyabrda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar
- FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari
- FC Energetik Mari futbolchilari