Tesla modeli 3
Tesla Model 3 - bu Amerikaning Tesla brendi ostida ishlab chiqariladigan elektr avtomobil. U akkumulyator batareyalik, to'rt eshikli sedan bo'lib, AQShda o'rta o'lchamli avtomobil va Yevropada katta oilaviy avtomobil[1][2] hisoblanadi. Model 3 ning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi 2017-yilning o‘rtalarida boshlandi, aniqroq qilib aytilganda konveyer liniyasida birinchi ishlab chiqarish 2017-yil 7-iyul sanasida amalga oshirildi[3][4][5]. Dastlabki 30 ta avtomobilning rasmiy taqdimoti va yetkazib berilishi 28-iyulda bo‘lib o‘tdi[6]
Model 3 baziviy komplektatsiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan baholangan ko'rsatkichga ko'ra bir martalik to'la quvvatda 272 milya (438 km) va uzoq masofalarga yurishga mo'ljallangan Long Range versiyasi esa 358 milya (576 km) masofani bosib o'tishga yetadi[7] . Tesla kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, Model 3 o'zini o'zi boshqarsih funksiysiga ega, shuningdek davriy programmaivy yangilanishlar yanada ko'proq funksiyalarga ega bo'lishni ta'minlaydi.[8][9][10]
Model 3 Tesla tomonidan ishlab chiqarilgan avvalgi modellarga qaraganda arzonroq bo'lganligi sababli ko'proq sotildi. 2020-yilning boshidan beri Model 3 dunyo tarixidagi eng koʻp sotilgan elektromobil[11] , 2021-yil iyun oyida esa bir million dona sotilgan ilk elektr avtomobili boʻldi[12]. Model 3 2018-yildan 2020-yilgacha uch yil davomida dunyodagi eng ko‘p sotiladigan elektromobil (PEV) bo‘ldi.[13][14][15] Shuningdek, u ketma-ket uch yil davomida 2018-yildan 2020- yilgacha[16][17][18] Amerika Qo'shma Shtatlarda, 2019-yilda Evropada va 2020 yilda Xitoyda eng ko'p sotilgan elektromobil bo'ldi[19][20]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilon Maskning 2006 yilgi Wired Science nashriga bergan intervyusida Model 3 ni ko'pchilik odamlar sotib olishga qurbi yetadigan qilib loyixalanayotganligini bildirdi 2008-yilda avtomobil oilaviy avtomobil ekanligi e'lon qilindi.[21] 2017-yilda Tesla kompaniyasi to'liq elektr avtomobilning Standard versiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan tasdiqlangan 215 milya (346 km) masofani bosib o'ta olishi , old va orqa yukxonalar, 5 kishilik o'rindiqlar shuningdek tezlanish ko'rsatkichlari xuddi sport avtomobillarnikidek bo'lishini va'da qildi.[yaxshiroq manba kerak][22][23] Bundan tashqari u 5 yulduzli xavfsizlik reytingiga ega bo'lishini va avvalgi Tesla Model S (2014 yildagi, o'sha paytning eng yaxshi ko'rsatkichi)dan ham yuqoriroq aerodinamik koeffisientga ega bo'lishi Tesla kompaniyasi tomonidan e'tirof etildi.[24]
Tesla kompaniyasi Model 3 ning 2016-yildagi taqdimotidan so‘ng ilk bir hafta ichida 325 000 ta avtomobilga shartnoma qilganligini ma’lum qildi. Bu shartnomalarning umumiy qiymati 14 milliard AQSH dollarga teng edi.[25][26] 2017-yilning avgustiga kelib, 455 000 ta avtomobilga avvaldan buyurtma qilingan edi.[27][28]
2016-yilning may oyida Tesla o'zining 2018-yilgi 500 000 donalik(Model S, Model X va Model 3 birgalikda) rejasini 2 yil avvalroq ishlab chiqarmoqchi ekanligini ma'lum qildi, bunga soxa mutaxasislarining ko'pchiligi ishonmadi. Kutilganidek, kompaniya rejani moliyalashtirish uchun fond bozoriga o'zining 2 milliard AQSH dolllarlik aksiyalarini sotuvga chiqardi.
Kompaniyaning Model 3 ni ishlab chiqarish borasidagi strategiyasi avvaliga qimmatroq avtomobillar ishlab chiqarishdan boshlanib jadal sur'atda arzon avtomobillar ishlab chiqarishga o'tish edi. Bu vaqtda akkumlyator batareyalari va elektrodvigatellar Roadster, Model S va Model X sotuvlaridan tushgan daromadlar xisobidan yaxshilangan va qoplangan.
Teslaning 2018-yil 18-aprelda e'lon qilgan ishlab chiqarish rejasini avvalgi xaftalik 5000 donadan 6000 donagan ko'tarish xaqida bayonot berdi. Biroq, shu yilning 1-Iyulida xaftalik ishlab chiqarish 5000 donani tashkil etgani ma'lum qilindi.
- ↑ „Tesla Model 3 Long Range AWD Specs“. fueleconomy.gov. United States Environmental Protection Agency. Qaraldi: 25-mart 2023-yil.
- ↑ „Official Tesla Model 3 Long Range RWD safety rating results“. Euro NCAP. 3-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2019-yil.
- ↑ @elonmusk. „Model 3 passed all regulatory requirements for production two weeks ahead of schedule. Expecting to complete SN1 on Friday“ (2-iyul 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ Hawkins, Andrew. „Everything you need to know about Tesla Model 3, which is starting production today“. The Verge (7-iyul 2017-yil). Qaraldi: 7-iyul 2017-yil.
- ↑ Lambert, Fred. „Tesla Model 3 – Elon Musk confirms first production unit built“. Electrek (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 8-iyul 2017-yil.
- ↑ Akerstedt, Ida. „Tesla Model 3 release date 2017 – When is Tesla Model 3 coming out in the UK?“. Daily Express (4-iyul 2017-yil). Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
- ↑ „Model 3“. Tesla (2019). 12-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-noyabr 2019-yil.
- ↑ Siddiqui, Faiz. „Tesla floats fully self-driving cars as soon as this year“. The Washington Post (17-iyul 2019-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Tesla has a new Autopilot '2.5' hardware suite with more computing power for autonomous driving“ (en-US). Electrek (9-avgust 2017-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2017-yil.
- ↑ „Autopilot“. tesla.com. 5-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-dekabr 2017-yil.
- ↑ Holland, Maximilian. „Tesla Passes 1 Million EV Milestone & Model 3 Becomes All Time Best Seller“. CleanTechnica (10-mart 2020-yil). Qaraldi: 20-aprel 2020-yil. „Tesla's quarterly reports, meanwhile, had put the Model 3's cumulative sales at 447,980 at the end of 2019.“.
- ↑ Shahan. „Tesla Model 3 Has Passed 1 Million Sales“. CleanTechnica (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2020“. EVSales.com (2-fevral 2021-yil). 2-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2021-yil.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2018“. EVSales.com (31-yanvar 2019-yil). 1-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2019-yil.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2019“. EVSales.com (31-yanvar 2020-yil). 27-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2020-yil.
- ↑ Moore, C.J.. „Tesla's commanding lead in U.S. EVs illustrated by registration report“. Automotive News (14-fevral 2021-yil). Qaraldi: 14-fevral 2021-yil.
- ↑ Loveday. „December 2018 U.S. EV Sales Recap: Over 360K Secured!“. Inside EVs (7-yanvar 2019-yil). 9-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
- ↑ Loveday. „FINAL UPDATE: Quarterly Plug-In EV Sales Scorecard“. InsideEVs.com (17-yanvar 2020-yil). 19-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2020-yil.
- ↑ Gauthier. „European Car Sales Climbed To 15.7 Million Units Last Year, Tesla Model 3 Is The EV Champion“. Carscoops (19-fevral 2020-yil). 27-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2020-yil.
- ↑ „Domestic EV makers rival Tesla in China, can they win?“. SDchina.com (5-fevral 2021-yil). Qaraldi: 19-fevral 2021-yil.
- ↑ LaMonica, Martin. „Tesla's 'Bluestar' to be all-electric family car“. CNET (24-sentyabr 2008-yil). Qaraldi: 17-sentyabr 2018-yil.
- ↑ Tesla. „Tesla publishes Model 3 vs. Model S specifications in employee-only handout“. Press-reliz.
- ↑ „Is this a Tesla Model 3 Performance version spied testing at the Fremont factory?“ (en-US). teslarati.com (18-oktyabr 2017-yil). 7-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2017-yil.
- ↑ Tesla. „Press Kit“. Press-reliz.
- ↑ Baker, David R.. „Tesla Model 3 reservations top 232,000“. San Francisco Chronicle (1-aprel 2016-yil). Qaraldi: 14-sentyabr 2016-yil.
- ↑ Hull, Dana. „Tesla Says It Received More Than 325,000 Model 3 Reservations“. Bloomberg News (7-aprel 2016-yil). Qaraldi: 7-aprel 2016-yil.
- ↑ Crosbie. „Elon Musk Finally Reveals the Number of Tesla Model 3 Reservations“. inverse.com (2-avgust 2017-yil). 13-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-avgust 2017-yil.
- ↑ Fiegerman, Seth. „Tesla now averaging more than 1,800 Model 3 reservations a day“. CNN Money (3-avgust 2017-yil). Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.