Tervelxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TervelxonBirinchi Bulgʻor podsholiginmng ikkinchi hukmdori (701718). Asparux vafotidan keyin taxtga chiqqan. Dulo sulolasidan. 705 y. Vizantiyaning sobiq imperatori Yustinian II hokimiyatini tiklashga yordam bergan. Buning evaziga Yustinian II unga "qaysar" ("kesar") unvonini va Zagora viloyatini bergan. 717—718 yillarda Tervelxon Vizantiya poytaxti Konstantinopolni qamal qilgan arablarni tormor keltirgan va bu bilan Vizantiyani ular xavfidan xalos etgan. Tervelxon davrida Bulgʻoriya qudratli davlat boʻlib, Vizantiya unga oʻlpon toʻlab turgan. Uning vafotidan keyin mamlakatda hokimiyat uchun urushjanjallar boshlanib ketgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Краткая история Болгарии, M., 1987.