Kontent qismiga oʻtish

Tentacle erotikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
"Baliqchi xotinining orzusi", 1814-yilda Hokusai tomonidan yaratilgan dizaynda ikkita sakkizoyoq bilan jinsiy aloqada boʻlgan ayol tasvirlangan.

Tentacle erotikasi (yaponcha: 触手責め, shokushu zeme?, "tentacle attack") – Yaponiyada keng tarqalgan pornografiya turi boʻlib, u anʼanaviy pornografiyani hayvoniylik, fantaziya, dahshat va ilmiy fantastika elementlari bilan uygʻunlashtiradi. Bu tur odatda dahshat yoki hentai janridagi baʼzi asarlarda uchraydi. Unda, asosan ayollar (kamroq darajada erkaklar) bilan jinsiy aloqada boʻladigan tentaklga ega mavjudotlar (odatda fantastik maxluqlar) tasvirlanadi. Tentacle erotikasi rozilik boʻlishi mumkin, ammo koʻpincha zoʻrlash elementlarini oʻz ichiga oladi.

Bu janr Yaponiyada yetarlicha maʼlum, shuning uchun parodiya mavzusi hisoblanadi. XIX asrda ushbu janrdagi yapon filmlari Qoʻshma Shtatlar va Yevropada tan olindi[1].

  • Klassik Yapon sanʼati: Tentacle erotikasining ildizlari Yaponiyaning anʼanaviy sanʼatiga borib taqaladi. XVII-XIX asrlarda, Yaponiyadagi „shunga oʻxshash“ (hayvonlar yoki gʻayrioddiy mavjudotlar bilan jinsiy aloqalar) tasvirlarini oʻz ichiga olgan woodblock prints (ukiyo-e) kabi sanʼat shakllari mavjud edi. Bu tasvirlar koʻpincha ehtirosli va gʻayrioddiy boʻlib, jinsiy aloqaning noanʼanaviy turlarini aks ettirgan.
  • Meiji davri va tasvirlarning erkinlashuvi: XIX asrning oxirlarida, Yaponiyada jinsiy tasvirlar va erotik sanʼatni koʻproq ochiq va erkin tarzda ifodalash boshlandi. Meiji davrida (1868-1912) Yaponiyada erotik sanʼatga boʻlgan talab oshdi va bu sohada yangi janrlar yuzaga keldi.
  • Tosio Mayeda: 1970-1980-yillarda tentacle erotikasi janri manga va anime sanoatida faol rivojlana boshlandi. Bu davrda yapon mualliflari fantastika, dahshat va erotika elementlarini birlashtirgan yangi uslublarni sinab ko'rdilar. Janrning ommalashishga manga rassomi va yozuvchisi Tosio Mayeda katta ta'sir ko'rsatdi.U o'z asarlarida g'ayritabiiy mavjudotlar, jinlar va tentaklga o'xshash organizmlar ishtirokidagi erotik sahnalarni tasvirlagan.

Maedaning eng mashhur asarlaridan biri - Urotsukidōji bo'lib , u keyinchalik anime formatiga ham moslashtirilgan. Ushbu asar tentacle erotiasi janrining eng taniqli va t'asirli namunalaridan biri hisoblanadi. Asarda dahshat, zo'ravonlik , fantastika va erotika elementlari uyg'unlashgan bo'lib , u nafaqat Yaponiyada, balki G'arb mamlakatlarida ham katta qiziqish uyg'otgan. Ko'plab tadqiqotchilar aynan shu asar tentacle erotikasining xalqaro miqyosda mashhur bo'lishiga sabab bo'lganini ta'kidlaydilar

  1. Kimi, Rito. The History of Hentai Manga: An Expressionist Examination of Eromanga. FAKKU, 2021 137, 138-bet. ISBN 978-1-63442-253-6.