Temir (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Aqtoʻbe viloyati |
Maʼmuriy markazi | Shubarquduq |
Asos solingan sanasi | 1972-yil |
Akim | Qaniyev Baurjan Nuraliuli |
Rasmiy tillar | qozoq |
Aholi (2013) | 36,551[1] |
Zichligi | 3 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 12,600 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71346[2] |
Pochta indeksi | 030800-030811[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Xaritada | |
![]() | |
Koordinatalari: 49°8′38″N 56°28′56″E / 49.14389°N 56.48222°E G O |
Temir tumani — Aqtoʻbe viloyatining gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 12,6 ming km2. Tuman 1972-yili tashkil topgan[4]. Aholisi 36 551 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3 kishidan toʻgʻri keladi (2013)[5][6]. Tuman markazi — Shubarquduq qishlogʻi.
Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Temir tumani Mugʻaljar togʻining janubi-gʻarbida joylashgan. Eng baland choʻqqisi 355 m (Badamsha qishlogʻining atrofida). janubi-gʻarbiy qismi tekisliklar iborat. Foydali qazilmalaridan: neft, tosh koʻmir, qurulish materiallari bor. Ularning ayrimlari qazib olinadi.
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 17 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.
Aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Altiqarasuv, Shigʻirli (Borodinovka), Jambil (Leninskoe), Birlik (Rojdestvenskoe), Kenkiyak, Qoʻpa, Qumquduq, Neftyanik, Aqsay (Perelyubovka), Taskopa, Temir, Shubarquduq, Shubarshi.
Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tumanda 32 ta maktab, 2 ta madaniyat uyi, 14 kutubxona aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida 3 ta kasalxona, tuman kasalxonasi, sanepidstansiya, 17 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda.
Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sanoatida tuman hududi bir nechta yirik korxonalari bor. Ularning yiriklari: „Qaraqamis“, „Stroyuniversal“ MChJ, „Koʻlik“ AJ, „Aliya joʻldari“, „Shans-1“, „Manas“, „Ayqap“, „Sagor“, „Tasqudiq“, „Aqtoʻbemunaygaz“, Kenjiluenergiya", „Toʻlgʻanay“ MChJ-lari va boshqalari faoliyat yuritmoqda[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 27-dekabr 2013-yil.
- ↑ Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 9-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2013-yil.
- ↑ Всемирный исторический проект
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-12-30
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qozoq Ensilopediyasi, 8 tom
|