Tatarofobiya
Anti-tatar kayfiyati yoki tatarofobiya (ruscha: Татарофобия) Volga, Sibir va Qrim tatarlari, shuningdek tatarlar deb ataladigan odamlardan qoʻrqish, ularga nisbatan nafrat, ularga nisbatan notoʻgʻri qarashni anglatadi. Bu, asosan, sovet ommaviy axborot vositalarining uzoq yillik targʻibotida ularni faqat salbiy koʻrinishda tasvirlash hamda ularni deportatsiya qilish va marginallashtirishni siyosiy asoslash uchun salbiy stereotiplarni targʻib qilish amaliyoti natijasidir.
Qrim tatarlariga qarshilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovet davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]1944-yil may oyida Qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan soʻng, hukumat qrim tatarlariga nisbatan salbiy stereotiplarini kuchli targʻib qildi va ularni „sotqin“, „burjuaziya“, „aksil-inqilobiy“ kuchlar deb eʼlon qilib, Qrim yarim oroli bilan tarixiy aloqasi boʻlmagan „moʻgʻullar“ deb yolgʻon koʻrsatma berdi. Partiya aʼzolarining siyosiy tashviqoti deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan noxush kayfiyatni shakllantirdi va Qrimda ham qrim-tatarlarga qarshi kayfiyatni targʻib qilish uchun konferentsiyalar oʻtkazildi. 1944-yilda deportatsiya qilinganidan keyin yarim orolni rasman detatarizatsiya qilinib, ilgari tatar nomlari bilan atalgan minglab qishloqlar yangi ruscha nomlar oldi. Oʻrta Osiyoda deportatsiya qilingan qrim-tatarlar „maxsus koʻchmanchilar“ rejimida yashagan, bu esa ularni boshqa sovet fuqarolari ega boʻlgan koʻplab fuqarolik huquqlaridan mahrum qilgan va kichik bir chegarada ushlab turilishiga sabab boʻlgan. Qrim-tatarlarning fuqarolik huquqlari uchun kurash harakatida ishtirok etgan insonlar „maxsus koʻchmanchilar“ va aparteid qurbonlari bilan Isroil ishgʻoli ostidagi falastinliklar boshdan kechirayotgan sharoitlar oʻrtasida kuchli oʻxshashlik borligini bir necha bor qayd etgan.[1][2][3]
Hozirgi zamonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamonaviy jamiyatda tatarofobiya oʻtmishdagidan koʻra koʻproq bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Rasmiy ravishda davlat tomonidan boshqariladigan muassasalar boʻlmasa-da, salbiy qarashlar butun hukumat va jamiyatda saqlanib qolmoqda. Rossiya konsuli Vladimir Andreev Qrim-tatarlarning ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni Ametxon Sulton haqidagi " Haytarma " filmining namoyishiga taklif etilgan Rossiya fuqarolaridan unda qatnashmaslikni talab qilgani bunga yaqqol misol boʻla oladi. Andreyev filmda asl qrim-tatar aholisi tasvirlanmagani yetarlicha salbiy mazmun berishini taʼkidlasa-da, keyinchalik aslida filmni koʻrmaganini tan oladi. Andreey film rejissori qrim-tatar boʻlgani uchun uni tarixan notoʻgʻri film deb hisoblaganini aytgan.[4][5]
Turli tatar xalqlariga nisbatan munosabatlarga nazar tashlar ekanmiz, ularning butunlay oʻzgacha manzara kasb etishiga guvoh boʻlamiz. Qrim tatarlariga nisbatan propaganda bilan shugʻullanuvchilar oʻz vaqtida Volga tatarlari uchun oʻzlarini doʻstdek tutishadi. Bundan asosiy oʻrinlarda Qrim tatarlariga nisbatan propaganda quroli sifatida ham foydalanib kelishadi. Biroq munosabatlar tarixining asl ildizlari Qrim tatarlari nimagadir moyilliklarida emas, balki boshqa jihatlarga borib taqaladi. Sovetlar davrida Qrim tatar fuqarolik huquqlari kurashchilari Qrimda oʻz muxtoriyatlarini tiklash haqidagi iltimoslariga rad javobi berishib, qrim-tatar tili qozon-tatar tilidan tubdan farq qilishiga qaramay, Tataristonda avtonom viloyat tashkil etishni taklif qilishadi. Bu esa oʻz navbatida Qrim-tatar rahbariyatini haqorat qilish bilan barobar edi.[6][7]
Volga tatarlariga qarshilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixan Volga tatarlari Rossiya va Sovet Ittifoqida " namunali ozchilik " sifatida maqtovga sazovor boʻlgan va Qrim tatarlariga qaraganda ancha yaxshi munosabatda boʻlib kelingan. Shunga qaramay, Volga tatarlariga nisbatan notoʻgʻri qarashlar mavjud boʻlgan va rus millatchilari tomonidan Tataristonni detatarizatsiya qilishga urinishlar boʻlgan.[8][9] 2007-yilda Sankt-Peterburgga ishlash uchun ketayotgan tatar yigit bir guruh odamlar tomonidan pichoqlab oʻldiriladi. Tatar jamiyati qotillik irqiy sabab va islomofobiya oqibati ekanini taʼkidlaydi.[10] Elmira Abdrazakova 2013-yilda "Rossiya goʻzali " unvoniga sazovor boʻlganidan soʻng, u irqiy haqoratlarga uchradi.[11]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Appazov, Refat. Следы в сердце и в памяти. Simferopol: Dolya, 2001.
- ↑ „Ablyazov, Emir (8 December 2017). "Четыре обыска Юрия Османова". goloskrimanew.ru. Retrieved 2020-12-03.“.
- ↑ The Ukrainian Quarterly (en). Ukrainian Congress Committee of America., 2004 — 54-bet.
- ↑ Uehling, Greta (2015). „Genocide's Aftermath: Neostalinism in Contemporary Crimea“. Genocide Studies and Prevention. 9-jild. 3–17-bet. doi:10.5038/1911-9933.9.1.1273.
- ↑ Izmirli, Idil (16-iyun 2013-yil). „Russian consul general to Crimea resigns following offensive comments“ (PDF). The Ukrainian Weekly. 2-bet. 2022-03-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-05-25.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Chernykh, Aleksandr. Татары Перми: история и культура (ru). Saint Petersburg: Санкт-Петербург Mametov, 2015 — 65-bet. ISBN 9785040071074. OCLC 978278427.
- ↑ „Eminov, Ruslan (27 January 2016). "Национального Движения Крымских Татар (Попытка краткого анализа участника движения)". litsovet.ru.“.
- ↑ Halim, Aydar. Убить империю!: Кипарис домой вернулся, или, "Хотят ли русские войны" (ru). Kazan: Kalkan, 1997 — 319-bet. ISBN 978-5-87898-118-7. OCLC 605977944.
- ↑ USAK Yearbook of International Politics and Law 2010, Vol. 3 (en). USAK Books, 2008 — 373-bet. ISBN 9786054030262. OCLC 1030115376.
- ↑ „"Tatars Say St. Petersburg Murder Was Racist Attack". RadioFreeEurope/RadioLiberty. 13 July 2007. Retrieved 2020-11-01.“.
- ↑ „Kurmasheva, Alsu (5 May 2013). "Ethnic Tatar Miss Russia Winner Targeted By Ethnic Slurs On Internet". rferl.org.“.