Aparteid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aparteid, apartxeyd (afrikaans tilida apartheid – alohida-alohida yashash) – irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko‘rinishi. Muayyan aholi guruhlarining ular irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qo‘yishgacha borishni anglatadi. A.ning ayrim choralari genotsid tusini olishi mumkin. Hozirgi xalqaro huquq A.ni inso-niyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi. 1973 yilda A. jinoyatlarining oldini olish va jazolash to‘g‘risida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Yaqingacha A. JARda hukmronlik qilib kelgan, aso-san oq tanli fuqarolardan iborat Mil-liy partiyaning siyosati edi. U mamlakat aholisini irqiy alomatlarga qarab, uch qism: 1) oq tanlilar; 2) qora tanlilar, ya’ni tub afrikaliklar; 3) indeyslar va duragaylarga bo‘lib boshqarish siyosa-tini qo‘llab keldi. "Irqiy guruhlarni ajratib joylashtirish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, aholi 74% ini tash-kil etuvchi qora tanlilar uchun soxta "davlatlar" – bantustanlar tuzildi, afrikaliklarning oq tanlilar yashovchi shaharlarda istiqomat qilishi man etil-di, A. qoidalarini buzganlarga nisba-tan qattiq jazo choralari qo‘llanildi. Afrikaliklar, ularga ergashgan indeyslar hamda oq tanlilar bir qismining Afrika milliy kongressi va boshqa vatan-parvarlik tashkil otlari rahbarligida A. siyosatiga, irqchilar zulmi va kam-sitishlarga qarshi uzoq davom etgan, jahon hamjamiyati tomonidan faol qo‘llab-quvvatlangan murosasiz ommaviy chiqishlari, shu jumladan, qurolli kura-shi irqchilarni chekinishga majbur etdi. Mamlakat va xalqaro maydonda yakkala-nib qolgan irqchilar siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Tinch yo‘l bi-lan 1994 yil aprelda o‘tkazilgan demokratik saylovlar natijasida hokimiyat mamla-kat tub aholisi vakillari qo‘liga o‘tdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil