Tashqi aloqalar (Rim imperiyasi va Hindiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rim imperiyasi bilan Hindiston o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilgan. Antik manbalar imperator Avgust (mill.avv 24- 14 yillar), Trayani (98-117- yillar), Andrian (117-138-yillar) va boshqa hukmdorlar huzuriga hind elchilari yuborilgani haqida ma'lumotlar beradilar. Yunon-Rim dunyosi Hindistonning diniy, ma'rifiy manbalari va falsafasidan yaxshi xabardor boʻlgan. III asrda yashab o'tgan mashhur faylasuf Filostratning Hindistonga sayohat qilib, braxmanlar bilan uchrashgani haqida ma'lumotlar bor.

Qadimgi hind adabiyotida ayollar saroy xizmatchilari sifatida tasvirlangan. Hindiston g'arbidagi Barigas porti orqali Yunonistondan Hindistonga turli savdo mahsulotlari bilan bir qatorda qoʻshiqchi yigitlar va go'zal qizlar keltirilgan.

Hozirgi Putuchera yaqinidagi Arekamedura Rim savdo faktoriyasining topilishi alohida ahamiyatga ega. Pompeydagi arxeologik tadqiqotlar natijasida fil suyagidan yasalgan Lakshmi ma'budasi haykali topilishi esa antik dunyoning hind madaniyati bilan yaxshi tanish boʻlganidan dalolat beradi. Qadimgi tamil yozuvlarida yavanlar haqida koʻplab ma'lumotlar berilgan. Janubiy Hindistonda yunonlar bilan birgalikda rimliklarni ham yavanlar deb ataganlar. Ularning ba'zilari bu yerlarda muqim yashar, ko'pchiligi mahalliy shohlarga yollanib xizmat qilganlar.

Gandxara san'ati hind madaniyatida muhim o'rin tutgan. Bu yerda Ellin va Rim an'analari hind va buddaviy an'analari bilan qorishib ketgan. Tadqiqotchilar hindlarning yunonlardan ko'p narsa qabul qilganliklarini yozadilar.

Savdo aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Megasfen Chandraguptaning hayoti haqida yozar ekan, podshoh oshpazlari unga hindlar iste'mol qiladigan vinodan berishgani haqida maʼlumot biradi. Shubhasiz vinolarning ko'p turlari Yunonistondan keltirilardi. Qadimgi tamil shoiri bu vinolarning xushta'mligini ta'kid- lagan. Hindiston va G'arb mamlakatlari o'rtasidagi savdo aloqalari madaniy jarayonga ham ta'sir ko'rsatgan. Hindistondan turli dorivor giyohlar va ziravorlar, zeb-ziynat buyumlari, metall va boshqa turli qimmatbaho mahsulotlar olib ketilgan. O'rta Yer dengizi bo'yidagi mamlakatlardan ham turli xil mahsulotlar olib kelinib savdo qilingan. SHri Lanka, Hindiston va Bangladesh bandargohlaridan topilgan rim sopollari va tangalari bu davlatlar o'rtasidagi savdo-sotiq aloqalarining yaxshi yoʻlga qoʻyilganidan dalolat beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.[1] Lintott, Andrew (1999) The Constitution of the Roman Republic. Oxford University Press. p. 114

2.[2] Lintott, Andrew (1999) The Constitution of the Roman Republic. Oxford University Press. p. 114

  1. „Lintott, Andrew (1999) The Constitution of the Roman Republic. Oxford University Press. p. 114“.
  2. „Rim“.