Avgust (imperator)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avgust (miloddan avvalgi 27 yilgacha ismi Ok-tavian bo‘lgan) (miloddan avvalgi 63 – mil.. 14) – Rim imperatori (miloddan avvalgi 27 – milodiy 14), Yuliy Sezarning nabira jiyani, vasiyatiga ko‘ra o‘g‘il qilib olingan. A. huquqi cheklanmagan hokim bo‘lib olgach, senat unga avgust (xudolar tomonidan sharaflangan) degan faxriy unvon ber-gan. Sezarning o‘limidan so‘ng boshlan-gan fuqarolar urushi (miloddan avvalgi 43– 31) ni Aksiy yonidagi jangda Rim sarkardasi Mark Antoniy va Misr malikasi Kle-opatra ustidan g‘alaba qozonish bilan yakun-lagan. A. prinsipat ("princeps" – senat qatnashchisi) deb ataluvchi siyosiy rejimga asos solgan. Bu davlat tuzumi respu-blika shaklidagi monarxiyaga o‘xshaydi. Unda ilgarigidek, senat va respublika lavozimlari saqlanib qolgan. Ammo bu-tun hokimiyat A. qo‘l ostiga o‘tgan. Xalq majlisining ta’siri tugagan. A. mam-lakatning yirik quldorlari va Rim ar-miyasiga tayanib ish ko‘rgan. A. o‘z tashqi siyosatida g‘arbga nisbatan bosqinchilik siyosati yurgizgan bo‘lsa, sharqqa nisba-tan diplomatik muzoqaralar yordamida Rim davlatining hokimligini yoyishga intildi. Keyinchalik "avgust" impera-torlar unvonini anglatuvchi terminga aylangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil