Tarnob jangi (1448)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tarnob jangi
Temuriylar urushlari
Sanalar 1448-yil bahori
Urush yeri Tarnob (Hirot sharqida), Afgʻoniston
Natija Samarqand temuriylari gʻalabasi
Raqiblar
Xuroson temuriylari Samarqand temuriylari
Qoʻmondonlar
Alouddavla Mirzo Mirzo Ulugʻbek
Mirzo Abdullatif
Kuchlar
noma'lum 90,000

Tarnob jangi 1448-yilda boʻlib oʻtadi[1].

1448-yil bahorida Alouddavla Mirzo oʻgʻlining sunnat toʻyiga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. U Mirzo Ulugʻbekning 90 ming kishilik qoʻshin bilan Amudaryodan oʻtayotgani toʻgʻrisida xabar topgach, Hirotning barcha fuqarolariga soliqlardan umumiy yengillik berilishini eʼlon qiladi[2]. Alouddavla shosha-pisha Sanjob dovonidan Tarnobga qarab yoʻl oladi. Ikki qoʻshin Tarnobda toʻqnash keladi va qisqa muddatli jangdan keyin Ulugʻbek akasi Abulqosim Bobur Mirzo himoyasida Mashhadga, soʻngra Qoʻchonga qochib ketgan jiyani Alouddavla Mirzoni uzil-kesil magʻlub etadi[3][4]. Ulugʻbek oʻz gʻalabasini davom ettirib, Hirotni, soʻngra Mashhadni egallaydi[5]. Gavharshod begim va koʻplab tarxonlar Ulugʻbek kelishidan oldin Hirotni tark etib ulguradi.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Barthold, Vasilii. Four Studies on the History of Central Asia. Leiden, Netherlands: E. J. Brill, 1958 — 156 bet. 
  2. Bartol'd, Vasilij V.. Four studies on the history of Central Asia. Brill, 1963 — 149 bet. OCLC 163626572. 
  3. al-Dīn ibn Humām al-Dīn Khvānd Mīr, Ghiyās̲. Habibü's-siyer: Moğol ve Türk hâkimiyeti. Harvard University: Dept. of Near Eastern Languages and Civilizations, 1994 — 365 bet. 
  4. Manz, Beatrice. Power, Politics and Religion in Timurid Iran. Cambridge University Press, 2007 — xvii bet. ISBN 9780521865470. 
  5. Lockhart, Lawrence. The Cambridge History of Iran, Volume 6. Cambridge University Press, 1986 — 107 bet. ISBN 0521200946. 

Boshqa manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • W. Weberhard (1959), Journal of Oriental Studies, University of Hong Kong